Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda immigratsiya bilan bog‘liq hibsga olish holatlari kuniga 1,000-1,200 ga yetgan.
Los-Anjelesda yoshlar deportatsiyalarga qarshi bosh ko'tarmoqda. Minglab odam ko'chada. Kaliforniya, AQShning eng yirik shtatida hujjatsiz muohojirlar ko'p. Tramp ma'muriyati har bir shtatda noqonuniy yurganlarni chiqarib yubormoqchi.
Garvard universitetiga ko’ra, AQSh Mustaqillik deklaratsiyasining asl nusxasi 1776-yilda 200 ga yaqin nusxada chiqarilgan. Ulardan atigi 20 ga yaqini bugungi kungacha yetib kelgan. Deklaratsiyaning Nyu-Yorkda topilgan yangi nusxasi yaqinda auksionga qo’yildi.
Agentlikning sayti va dasturlar ishdan to'xtagan. Ko'plab odamlar ishdan haydalgan, tekshiruvda yoki ularga ishga kelmaslik buyurilgan.
AQSh hukumati hujjatsiz muhojirlarni deportatsiya qilishni kengaytirar ekan, ular katta sonda yashaydigan Kaliforniya shtatida ommaviy norozilik namoyishlari avjiga chiqmoqda. Minglab odamlar ko'chada. Oq uy noqonuniy immigratsiyaga toqat qilinmaydi, deya keskin choralar ko'rish qarorida qat'iy.
Meksika bilan katta chegaraga ega Texas shtatida deportatsiyaga qarshi namoyishlar avj olmoqda. Tramp ma'muriyati esa hujjatsiz muhojirlarni chiqarib yuborish qarorida qat'iy.
AQShning uch eng yirik biznes hamkorlari Kanada, Meksika va Xitoyga nisbatan ishga tushishi kerak bo'lgan yangi tariflari ikki qo'shni uchun hozircha to'xtatildi.
Ilon Mask, Oq uyning tushuntirishicha, Prezident Donald Trampning va shu tariqa hukumatning maxsus xizmatchisi. Mask hukumat tizimida o'z elektron pochtasi va Oq uyda idorasiga ega.
Prezident Donald Tramp Oq uyga qaytgach, birinchi kundayoq e’lon qilgan asosiy buyruqlaridan biri toza energiyaga o‘tish bo’yicha dasturlardan voz kechish va neft qazib chiqarishni ko‘paytirish haqida bo‘ldi.
Tramp prezidentlik qasamyodini qabul qilganidan so‘ng darhol ijro farmonini imzolab, barcha xalqaro yordam dasturlarini to‘xtatishni buyurdi.
Jonli efir: Vashington yaqinidagi aviahalokatda 67 kishi nobud bo'lgan. Qo'nish arafasidagi yo'lovchi samolyot va harbiy vertolyot to'qnashgan. Shuningdek, kelasi uch oy Amerika tashqi yordamni to'xtatgan.
Yo'lovchi samolyot "American Airlines" aviakompaniyasiga tegishli, Kanzas shtatidan uchib kelayotgan edi. Vertolyot esa harbiy trening uchun qo'llanilayotgan bo'lgan.
Ko'proq...