Adham Atajanov, sobiq muftiy, marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdi bo'lib, global tarmoqda Abu Muslim nomi bilan tanilgan. O'zini yetakchi deb atamasa-da, Abu Muslim bloger, tahlilchi va muharrir sifatida o'n minglab muxlislarga ega, xususan ijtimoiy tarmoqlarda. "Amerika Ovozi" yaqinda u bilan Toshkentda muloqot qildi. Suhbatdoshimiz - Bektemir tumanidagi "Beshbarmoq" restorani egasi. E'tiqod, siyosat va hayot haqida gaplashdik.
Bir lagan beshbarmoq ustidagi suhbatda aniqlaganlarimiz:
- Abu Muslim aslida musulmon oilada tug'ilmagan
- Abu Muslim aslida polyak va koreys farzandi
- Abu Muslim katta oiladan lekin ota-onasidan keyin yetimxonaga berilgan va qozog'istonlik o'zbeklar tomonidan asrab olingan
- Abu Muslim O'zbekistonda tug'ilgan lekin qo'shni davlatda katta bo'lgan
- Abu Muslimda pasport yo'q; 43 yoshida u asosiy hujjatsiz kun kechirmoqda
- Abu Muslimning katta o'g'li O'zbekiston armiyasida xizmat qilgan, ammo u ham pasportsiz
- Abu Muslimning to'rt farzandi bor; rafiqasi Qozog'iston fuqarosi va restoranning bosh oshpazi.
- Abu Muslimning "Beshbarmoq" restorani oilaviy biznes
- Abu Muslim islomiy saytlarni daromad uchun emas, ko'ngilli ravishda yuritadi
- Abu Muslim qator kitoblar mualligi - tarix, siyosat va ijtimoiy masalalar borasida tahliliy asarlar
Suhbatdoshimizga savollar
- Abu Muslim o'zini nega lider deb bilmaydi?
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga qachon va qanday qilib shogird tushgan?
- Bugungi kunda nega shayxdan qolgan saytlarda ishlamayapti?
- Abu Muslim aslida kim?
- O'zi tug'ilgan zaminda muhojir sifatida yashash, biznes qilish qanchalik qiyin?
- Nega voyaga yetgan Qozog'istonga yoki boshqa davlatga ketmadi?
- Islomiy saytlarni yuritishda bugungi O'zbekistonda qanday qiyinchiliklar bor?
- Dunyoviy tuzum nima ekanini qanchalik tushunadi?
- Diniy sohada qanday islohotlar zarur?
- Dindor bloger va faol musulmon sifatida biror bosim ostidami?
- O'zbekistonda so'nggi ikki yilda nima o'zgardi, nima o'zgarmadi?
- O'zbekistonda ekstremist qarash qanchalik kuchli?
- Mutaassiblikka qarshi qanday kurashmoq kerak?
Abu Muslim bilan yuzma-yuz suhbatni tomosha qiling.
Facebook Forum