2008-yilda AQShning Kaliforniya shtatida ishga solingan va aynan internetda bepul va sifatli ilm taklif qiladigan global tizim endi o'zbek tilida ham taklif qilinadi. "Amerika Ovozi" bu loyiha ustida ishlayotgan jamoa bilan tanishdi.
Xayriya asosida ishlaydigan bu tashkilotni innovator Salmon Xon (Sal Khan) degan amerikalik boshlagan va bugunga kelib, o'nlab tillarda ta'lim beradi. Turli yo'nalish va sohalardagi darslarni "YouTube" da bugungacha 1,6 milliard martadan ko'proq tomosha qilingan.
O'zbekistondagi hamkor "Bilim Online" notijorat nohukumat tashkiloti bo'lib, u hozirda 60 dan ortiq mutaxassis xizmati bilan minglab mashg'ulotlarni o'zbek tiliga tarjima qilmoqda.
Bu tashkilot ham xayriya hisobiga ishlashi kerak, chunki Khan Academy uning portalidan foydalanganganlar shunday shart qo'yadi. Xayriyaga tayangan tekin bilim.
"Bilim Online" boshqaruvchilari hozirgacha 50 ming yevro to'play olgan. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki xuddi shu miqdorda mablag' ajratishni va'da qilgan.
Lekin, deydi mutaxassislar, Khan Academy o'zbek tilida to'liq ishlab olishi uchun kamida yarim milllion dollar kerak. Shunday ekan, xayriya so'rashda davom etishadi. Bu - O'zbekiston jamiyati va dunyoning turli burchaklarida yashayotgan o'zbekistonliklar qanchalik saxovatpesha ekanini o'lchovchi tajriba.
Maqsad ezgu va oddiy, deydi loyiha ustida ishlayotgan yoshlar: o'zbek tilida sifatida ilm beradigan yangi manbani yo'lga qo'yish. Kelajak chuqur bilim va ko'nikma egalariniki.
"Bilim Online" xodimlari ham chet elda o'qib, tajriba orttirganlar, ham O'zbekistonning o'zida yetishdan kadrlar.
Facebook Forum