Breaking News

Oq uy: Koronavirusga qarshi eng zarur chora - masofa saqlash


Oq uy, Vashington, 4-aprel, 2020
Oq uy, Vashington, 4-aprel, 2020

AQSh hukumati o'tgan kunlar ichida dunyoning 85 davlatidan 400 reys orqali 40 mingga yaqin fuqarosini vatanga olib kelgan.

Prezident Tramp bugun Oq uyda so'zlar ekan, Amerika xalqiga hozirgi og'ir damlardagi birdamlik, sabr-matonat, mehr va zahmat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Maxsus tanlangan bemorlarda koronavirusga qarshi bir necha dori va vosita sinab ko'rilmoqda, deydi prezident.

Vaksina va preparatlar uchun ilmiy izlanishlar avjida. Bu jarayonda AQShning yirik farmasevtika kompaniyalari va tadqiqot markazlari yetakchilik qilmoqda, deydi davlat rahbari.

Oq uyga virusga qarshi kurashda maslahat berib kelayotgan mutaxassis Entoni Fauchi deydiki, hozirda hamma birdek qilishi kerak bo'lgan narsa - bir-biridan uzoqda bo'lish.

Niqob: ha yoki yo'q?
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:09:33 0:00

Virusni yengishning asosiy yo'li shu, masofa saqlash, u shundagina xurujni to'xtatadi, deydi Fauchi.

Tramp nazarida pandemiya uncha ta'sir qilmagan shtatlarda keskin choralarga hojat yo'q. Shu bois ham federal miqyosda bir xil qattiq talablar joriy etilmayapti.

"Har bir shtat va hududni qanday boshqarishni biz gubernatorlarga qo'yib beramiz. Konstitutsiya ham shuni kafolatlaydi. Hozirda AQShning 95 foizida uyda o'tirish majburiyat", - deya ta'kidladi Tramp.

"Biz xalqning holidan xabardormiz. Odamlar ishga bormay ham ishlamoqda, maosh olmoqda. Ayrimlar ta'tilda, lekin buning uchun ham haq oladi. Biz ularning ish joyiga qaytishini xohlaymiz".

Biroq o'tgan uch haftada 10 milliondan oshiq amerikalik ishsizligini da'vo qilib, yordam uchun hukumatga murojaat qilgan.

Bugungi brifingda Tramp qayta ochilishni bir necha bor qayd etib, Amerika mavjumlikni yoqtirmaydi, bizneslar va korxonalarni qayta ochmaslik faqat zarar keltiradi, dedi. Uningcha, yopiq turgani uchun tizimga hatto pandemiya keltirayotgan zarardan ham chuqurroq darz ketishi mumkin.

Bugunga kelib, AQShda koronavirusga chalinganlar 300 mingdan oshgan. O'lganlar qariyb 8500. Tuzalganlar 15 mingga yaqin.

Jahon bo'ylab virusni yuqtirganlar 1 million 200 ga, vafot etganlar esa 65 mingga yaqinlashmoqda. Tuzalganlar 246 mingdan ziyod.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG