Mobil-salom: O'zbekiston xorijda ishlayotgan mutaxassislarni vatanga chorlab, nafaqat hukumat, balki xususiy va nohukumat sektorda jonbozlik ko'rsatishga undamoqda. Lekin shu paytgacha ma'muriyat bilan bu borada muloqot qilgan vatandoshlar ko'p hollarda xafsalasi pir bo'lganini, Toshkent quruq va'da berish bilan ovora ekani, haqiqatda esa chet eldan kelayotganlar uchun real imkoniyatlar yo'q ekanini aytadi.
Hukumatga ko'ra esa mamlakatdagi vaziyatni tushuna olish, o'zgarishlar qilish uchun konkret qadamlar tashlay olish vatandoshlar uchun ham haqiqiy sinov. Prezident Mirziyoyev qayd etib kelaytganidek, xorijdagi iqtidorli avlod O'zbekistonga kerak.
Lekin ular qaytgan taqdirda tizim ularni ushlab tura oladimi? Ular zarur o'zgarishlar qilishi uchun imkon beriladimi? Yangicha g'oyalar qanchalik olqishlanadi? O'zbekistondagi kadrlar va xorijdan kelayotganlar birgalikda respublikani yangi davrga olib chiqa oladimi? Siz nima deysiz?

Facebook Forum