Breaking News

Afg'on qonunchisi: Tolibon sulhga ishonmaydi


Portlashlarda o'lganlar dafn etilmoqda, Kobul, 25-oktabr, 2020
Portlashlarda o'lganlar dafn etilmoqda, Kobul, 25-oktabr, 2020

Qatarda tinchlik muzokaralari davom etayotganiga qaramay, Tolibon va afg’on qurolli kuchlari o’rtasida qonli to’qnashuvlar kuzatilmoqda.

Hilmand, Qunduz, Taxor, Zobul kabi viloyatlarda ro’y bergan otishmalarda o’nlab harbiylar o’lgan. Yaralanganlar ham ko'p. Hukumatga ko'ra, toliblarga og’ir zarbalar berilmoqda.

AQShning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Qatar poytaxti Doxada tomonlar bilan muloqotda.

“Siyosiy kelishuvga erishish uchun yaratilgan fursat vaqtinchalik, abadiy emas”,- deydi Xalilzod.

Tolibonning Doxadagi siyosiy vakolatxonasi so’zlovchisi Muhammad Naimga ko’ra, Xalilzod va AQShning Afg’onistondagi bosh qo’mondoni Skott Miller Tolibon idorasi raisi Mulla Birodar bilan uchrashib, tungi amaliyotlar, ozod etilgan toliblarga nisbatan hujumlar, qamoqxonalarda toliblarga “g’ayriinsoniy” munosabatlar haqida gaplashgan.

Tahlilchi: AQSh va Tolibon bir-biriga yaqin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:32 0:00

“Tolibon sulhga ishonmaydi. Agar toliblar sulhga ishonsa edi, bir qancha viloyatlardagi qon to’kilishlarga guvoh bo’lmas edik”, - deydi deputat Shafiqa Saxo.

Qonunchiga ko'ra, notinchliklar ildizi zaif boshqaruvga borib taqaladi.

Vakillar majlisi a’zosi fikricha, xalq Tolibon istayotgan tuzumga qarshi.

“Muzokara davom etganda ham tinchlik ta’minlanishiga ishonch yo’q”, - deydi u.

Harbiy tahlilchi Asadulla Nadim deydiki, zo’ravonliklar ko’lamini pasaytish kun sayin qiyinlashmoqda.

“Tolibon hujumlarini to’xtatish uchun AQSh guruh bilan aloqada bo’lgan davlatlarga bosim o’tkazishi lozim. Mening fikrimcha, bu narsa mumkin emas, chunki toliblar amerikaliklar bilan juda yaqin. Yoki hukumat birlashib, toliblarga qarshi hujumlarni kuchaytirishi kerak. Lekin hukumat ham birlashgudek vaziyatda emas”, - deydi Nadim.

Uning nazarida Tolibon diniy jamoa emas, siyosiy qudratini oshirish payidagi guruh.

“Toliblar mazhab-din asosida urushmaydi. Ulamolar chiqarayotgan fatvolarga baho bermaydi”, - deydi Nadim.

Yozuvchi G’ulom Saxiy Vakilzoda:

“Sulh Afg’oniston xalqi uchun oziq-ovqat, hatto havodek zarur narsa. Tinchlik ta’minlanib, davomiy urushlarga nuqta qo’yilishini umid qilmiz”.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG