Breaking News

Prezident Tramp va’da qilgan devor: Qanchasi qurildi?


Xalqaro hayot - 30-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:50 0:00

Rio-Grande daryosi - AQSh va Meksika o’rtasidagi tabiiy to’siq. Ba’zilar undan kontrabanda uchun foydalanadi. Chegarada nazorat kuchli.

“Daryo orqali AQShga narkotiklar olib kirishga hamda qurol va o’q-dori olib chiqishga harakat qilishadi. Odam va mahsulot savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy guruhlar ayrim hududlarni o’ziniki deb biladi”, - deydi Texasning Laredo shahrida chegara xizmati vakili Metyu Xudak.

Texas tomonidan chegaraning 270 kilometrga cho’zilgan bu sektorini nazorat qilish qiyin.

“Xodimlar, texnologiyalar va infratuzilmaga birdek tayanamiz”, - deydi Xudak.

Donald Tramp prezidentlikka kelishidan oldin ham AQShning 3000 kilometrni tashkil etuvchi janubiy chegarasida ayrim to’siqlar bo’lgan. Oq uyga harakat qilayotganda Tramp chegarada bahaybat devor qurishga va’da berdi.

2016-yilda, prezidentlikka nomzodlarni saralash jarayoni ketayotganda Tramp devor masalasini qayta-qayta ko’targan.

“1600 kilometr bo’lishi kerak. Barcha materiallar bor. Chiroyli qilib quramiz”, degan edi u.

O’tgan hafta debatda Tramp 2020-yilgi raqamlarni tilga oldi, 644 kilometri qurib bitkazilganini ta’kidladi.

Bojxona va chegara xavfsizligi xizmati rasmiysi Mark Morgan qurilish haqida shunday deydi:

“Devor 644 kilometrga yetay deb qoldi. Yil oxirigacha 725 kilometr bo’lishiga ishonaman. Prezident bizga 1175 kilometr devor qurish uchun mablag’ yetkazib bergan”.

Chegara devorini barpo etish uchun taxminan 15 milliard dollar, deydi Morgan, Ichki xavfsizlik va Mudofaa vazirliklaridan keladi. Kongress esa 1,3 milliard dollar ajratgan. Biroq prezidentning pulni devorga sarflashga haqqi yo’q, deydi faollar. Masalani Oliy sud ko’rib chiqadi.

“Kongress tomonidan ajratilmagan pulni sarflashga unda vakolat yo’q”, - deydi AQSh Fuqaro erkinliklari uyushmasidan Dror Ladin.

Hukumat esa devor quriladigan joyda yerini sotishdan bosh tortayotgan fuqarolarni sudga bergan. Tanqidchilar nazarida devor qurilishi isrofgarchilikdan boshqa narsa emas.

Hozircha qurilish davom etyapti. Eski to’siqlar o’rnida hamda avval to’siqlar bo’lmagan hududlarda ham devor ko’tarilyapti. Xavfsizlikni kuchaytirish uchun yangi devorlar yoritish sistemalari bilan jihozlangan. Atrofda yangi yo’llar ham qurilmoqda. Kuzatuv uskunalarini sun’iy intellekt boshqaradi.

Demokratlarga ko’ra, devordan ko’ra ko’proq kuzatuv texnologiyalaridan foydalangan ma’qul. Morganning ta’kidlashicha, natija bo’lishi uchun hammasi birdek muhim.

“Shunda noqonuniy immigratsiya ham, narkotiklar savdosi ham, chegarachilarga hujumlar ham kamayadi”, - deydi rasmiy.

Yaqin orada yana qancha devor qurilishi Oliy sud qaroriga hamda 3-noyabrdagi saylov natijasiga bog’liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG