Breaking News

Yangi O’zbekistonda yangicha, adolatli saylovlarni kutish mumkinmi?


Baxtiyor Isabek: Muxolifatsiz yangi O’zbekistonni qurib bo’lmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:37 0:00

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida bu yil kutilayotgan prezidentlik saylovlarini demokratik tamoyillarga mos tarzda o’tkazish uchun tayyorgarlik boshlashga topshiriq berdi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik yuzasidan dastlabki yig’ilishni o’tkazishga ham ulgurdi.

Bu yangi O’zbekistonda yangicha, adolatli saylovlar bo’lishidan darak bermoqdami? Demokratik, erkin saylovlar O’zbekistonni so’nggi 30 yil davomida ta’qib etib kelayotgan o’ta muhim, ammo hamon ochiq qolayotgan savol.

Ta’kidlash kerakki, O’zbekiston hukumati turg’unlik davrida ham, o’zgarishlar kechayotgan so’nggi to’rt yil davomida ham, muqobilsiz emas edi. Muxolifat hamisha tazyiq, quvg’in ostida bo’lgani masalaning boshqa tomonidir. Bugun ham amaldagi hokimiyat bilan siyosiy maydonda raqobatga kirishmoqchi bo’lgan muxoliflar, siyosiy kuchlar yetarli.

Ammo mamlakatda hali avtoritar tuzum an’anasi buzilmadi. O’zgarishlarga intilayotgan Mirziyoyev hokimiyati ham muxolif partiyalarga ruxsat berish qarorida emas. Muxolifatda, u xoh mamlakat tashqarisida yoki ichkarida bo’lsin, siyosiy maydonga kirish izni yo’q. Bu imkoniyat faqat bir kishidan, shaxsan Prezident Mirziyoyev iznini taqozo etishiga esa shubha qilinmaydi.

Markaziy saylov komissiyasi majlisi, 6-yanvar, 2021
Markaziy saylov komissiyasi majlisi, 6-yanvar, 2021

O’zbek muxolifati faollaridan biri, “Erk” demokratik partiyasi a’zosi, tilshunos olim Baxtiyor Isabekning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, O’zbekistonda kutilayotgan saylovlarning adolatli, erkin o’tishi avvalo prezidentga bog’liqligini Shavkat Mirziyoyevning o’zi ham yaxshi biladi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG