Breaking News

AQShning yangi birinchi xonimi ingliz tilidan dars beradi


Birinchi xonim Jill Bayden dars berishda davom etadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Birinchi xonim Jill Bayden dars berishda davom etadi

Prezident Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden Oq uydagi davrida e'tiborini asosan ta'lim sohasiga qaratadi. Bayden xonim Vashingtonni yaxshi biladi va tushunadi. Turmush o'rtog'i 36 yil senator bo'lgan, keyin esa sakkiz yil davomida vitse-prezident. Birinchi xonim sifatida Jill Bayden butun kuchini ilm-fan taraqqiyoti va yosh avlod ravnaqi yo'lida sarflamoqchi.

Oq uydagi ilk kunlar. Har bir prezident oilasi uchun unutilmas damlar. Jill Bayden AQSh tarixidagi eng o'qimishli birinchi xonim. Pedagogika fanlari doktori. Prezident Bayden ish boshlashi bilanoq huzuriga mamlakatning eng ilg'or pedagoglarini yig'di.

Jill Bayden Jo Baydenning birinchi turmushidan ikki o'g'liga ham onalik qilgan
Jill Bayden Jo Baydenning birinchi turmushidan ikki o'g'liga ham onalik qilgan

“Oldimizda cheksiz muammolar. Bilaman, imkoniyatlar va resurslar cheklangan. Lekin o'qituvchilar har kuni imkonsiz vaziyatdan chiqishni o'rgatadi. Hayotdan ta'lim beradi. Hozirgi murakkab holatdan chiqib ketishda bizning rolimiz buyuk",- deydi Jill Bayden.

Birinchi xonimning bu gaplari ko'plarni ilhomlantirmoqda.

“Demak, Jill Bayden ta'lim sohasida islohotlar jadallashishi uchun xizmat qilishi kerak. Albatta, bunga qarshilar ko'p. Prezidentning rafiqasi siyosatga aralashmasin, deydiganlar chiqadi hali, chunki ular hamisha bor. Birinchi xonim chiroyli bo'lib, erining yonida yursin, bas, deyishadi ular", - deydi Betti Boyd Karoli, bu borada kitoblar muallifi.

Jo va Jill Bayden 1977-yilda oila qurgan
Jo va Jill Bayden 1977-yilda oila qurgan

Bayden vitse-prezidentlik paytida Jill Bayden dars berishdan to'xtamagan. Hozir ham prezident rafiqasi bo'lishiga qaramay Shimoliy Virjiniya jamoat kollejida ishlashda davom etmoqda. O'qisn hozir virtual.

Jill Bayden talabalari haqida gapirishni yaxshi ko'radi.

"Bir talabam menga qarab, sizni televizorda Mishel Obama bilan ko'rdim, deb qoldi. Talabam keyin onasiga telefon qilib, "onajon, o'qituvchim televizorda chiqdi", desa, onasi u faqat o'qituvchi emas, vitse-prezident rafiqasi", degan ekan".

Jo Bayden bilan oila qurish oson kechmagan. O'zi endi ajrashgan edi. Baydenning rafiqasi va qizi avtohalokatda o'lgan. Ikki og'li bilan yolg'iz qolgan. Boshida Jill rozi bo'lmagan. Bayden "menga tushmushga chiq" deb besh marta so'ragan.

"Beshinchi marta bu borada gap ochganimda aytganmanki, "Jill, bu oxirgi marta... Menda ham g'urur bor. Qachon tegishingni aytma, tegasanmi qachondir, shuni ayt", - deb iltimos qilganman. "Ha", - degan".

To'rt yil o'tib, Jill va Jo qizli bo'lishgan. 2015-yilda esa o'g'li Bo vafot etdi, miya saratonidan.

Jill Bayden saratonga qarshi targ'ibot ishlariga faol.

O'tgan yillarda u turmush o'rtog'i haqida kitob yozdi. Bolalar uchun mo'ljallagan adabiyot raqobat va tirishqoqlik haqida.

Oilaning asosiy uyi Delaver shtatida. Lekin hayotlari Vashington bilan chambarchas bog'liq. Kelasi to'rt yil ichida esa qayerda istiqomat qilishi tayin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG