Breaking News

AQSh Afg'onistondagi harbiy missiyani yakunlay boshladi


Hilmand viloyatida AQSh va Afg'oniston harbiylari mashqlardan keyin, 2017
Hilmand viloyatida AQSh va Afg'oniston harbiylari mashqlardan keyin, 2017

AQShning Afg'onistondagi bosh qo'mondoniga ko'ra, Amerika qo'shinlari mamlakatni allaqachon tark eta boshlagan. General Ostin Skott Miller deydiki, jarayon risoladagidek kechadi.

Preziden Jo Bayden ikki hafta oldin e'lon qilgan qarorga ko'ra, AQShning Afg'onistonda qolgan 3000 askari shu yilning 11-sentabrigacha u yerdan chiqadi. Shu bilan Amerikaning bu davlatdagi 20 yillik harbiy missiyasi nhoyasiga yetadi.

Miller Afg'onistonda ham AQSh, ham NATO kucharini boshqaradi.

NATO tarkibidagi 7000 harbiy ham vatanga qayta boshlaydi. Ittifoqchilar afg'on zaminiga Amerika bila kirganini va u yerdan Amerika bilan chiqishini bildirgan.

“Chiqishning o'z tartibi bor. Bazalar va harbiy vositalari Afg'oniston qurolli kuchlariga topshiriladi", - deydi Miller.

Tolibon bilan 2020-yilning fevralida imzolangan bitimga binoan Amerika kuchlari Afg'onistonni shu yilning 1-mayigacha tark etishi kerak edi. Bayden buni kechiktirdi.

Kobul, Afg'oniston
Kobul, Afg'oniston

Tolibon, Afg'oniston hukumati va boshqa siyosiy kuchlar orasidagi tinchlik muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qolgan, chunki jangarilar vaziyatdan norozi. Shartlar bajarilmayapti, deya noliydi Tolibon.

Qo'shinlar chiqar ekan, deya eslatmoqda Miller, ularing xavfsizligi, shuningdek, afg'on xalq tinchligi uchun harakatlar tinmaydi.

Amerika Tolionni muzokara stoliga qaytishcha chaqirib, barqarorlik yo'lida qadam tashlashga undamoqda. Xurujlar, do'q-po'pisa bilan ezgu niyatlarga erishib bo'lmaydi, agar Tolibonning maqsadi shu bo'lsa, deydi Miller.

"Zo'ravonlikka qaytish, harbiy choralar, urush - bular Afg'oniston va afg'on xalqi uchun faqat fojia bo'ladi", - deydi general.

AQSh generallari Kennet Makkenzi va Ostin Skott Miller (oldinda) Afg'onistondagi harbiylar bilan, 2020
AQSh generallari Kennet Makkenzi va Ostin Skott Miller (oldinda) Afg'onistondagi harbiylar bilan, 2020

AQSh ketsa, afg'on qurolli kuchlari vazifani eplay olmaydi va mamlakat yana mojarolar ummonida qoladi, degan qo'rquv kuchli.

Amerika hukumati ogohlantirishicha, Tolibon al-Qoida va boshqa terrorchilar blian rishtalarni butkul uzishga so'z bergan. Afg'oniston aslo terror o'chog'i bo'lmasligi shart.

BMTga ko'ra, Afg'onnistonda al-Qoidaning kamida 500 a'zosi bor va ular Tolibon bilan aloqada. Tolibon bu xulosani inkor etadi va al-Qoida bilan hamkor emasligini ta'kidlaydi.

Afg'onistondagi urushda, 2001-yildan beri shu kungacha 214 ming insonning yostig'i qurigan. Ular orasida chet ellik harbiylar va xizmatchilar ham bor. AQSh o'tgan 20 yil mobaynida bu yurtdagi missiya uchun, barcha yordamni ham qo'shib hisoblaganda, 2,4 trillion dollar sarflagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG