Breaking News

Afg'oniston: Tolibonga qarshi harbiy harakatlar shakllanmoqda


Afg’oniston shimolida janglar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Afg’onistonning ko’plab viloyatlari qatorida Juzjonda ham harbiy to’qnashuvlar davom etmoqda. Tolibon a’zolari Shibirg’on shahridan 25-30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Janglar asosan Juzjon-Saripul chegara hududlarida. Afg’on teppa va Kekirdakjar qishloqlari yuzma-yuz janglarga guvoh bo’lgan.

Hukumat kuchlari yonida o’z hududlarini himoya qilish uchun qurol ko’targan odamlar ham kurashmoqda. Ular “Mlilliy Junbish” partiyasi rahbari Marshal Abdul Rashid Do’stum tarafdorlaridir.

“Ushbu o’zbek yigitlari toliblar qarshisida turibdilar, xalqimiz xavotir olmasligi kerak. Biz Do’stum boboning avlodlarimiz. 24 soat ichida dushmanni Kekirdakjar qishlog’idan haydab chiqaramiz”, - deydi Abdul Bashir ismli qo’mondon.

Tolibonga qarshi piyoda va havo kuchlari tomonidan zarbalar berildi. Armiya qo’mondoni Abdul G’ani Nizomiy 9-iyul kuni Juzjon-Sari Pul umumiy yo’lidagi harbiy amaliyotda 80 nafar toliblar halok bo’lganini iddao qiladi.

“Afg’oniston xalqi shuni bilinski, harbiylar sangarlarni dushmanga topshirib qo’ymaydi”, - deydi Nizomiy.

Jang jabhalari har kuni otishmalarga guvoh. Taraflar hududlarini kengaytirish harakatida.

Ayni holda, aholi vakillari harbiylarni qo’llab-quvvatlab ko’chalarga chiqqan. Ular hukumat ruxsat bergan taqdirda janglarda qatnashishini aytadi.

“Qonun ustuvorligi va hudud yaxlitligini qo’riqlaymiz va harbiylarimiz yonida turib ularni himoya qilamiz”, - deydi “Milliy Junbish” partiyasi a’zosi Abdulhay Hayot.

“Vatanni himoya qilish yo’lida yosh-qari, hammamizning belimiz bog’liq. Sangardagi og’a-inilarimizni qo’llab-quvvatlaymiz. G’oratlarga mol-mulkimizni talon-taroj qilishlariga ruxsat bermaymiz”, - deydi Abdul Matallib Yulmas ismli yigit.

Mahalliy hukumat ko’ngilli ravishda urushda qatnashishni xohlaganlarni jabhalarga yuborish mexanizmi ustida ish davom etayotganini bildiradi.

“Jumhuriyat tuzumi va Afg’onistonni himoya qilish uchun birlashganlarga rahmat aytamiz, ularni qo’llab-quvvatlaymiz”, - deydi Juzjon viloyati hokimining o’rinbosari Abdul Qadir Moliya.

Shibirg’ondagi to’qnashuvlar va iddao qilinayotgan talafotlar haqida Tolibon guruhi hanuzgacha hech narsa demayapti.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG