Breaking News

Litvada noqonuniy muhojirlar soni ortmoqda


Litva harbiylari Belarus bilan chegaraga sim to'siqlar o'rnatmoqda, 2021-yil, 9-iyul.
Litva harbiylari Belarus bilan chegaraga sim to'siqlar o'rnatmoqda, 2021-yil, 9-iyul.

Litva chegaralarini kesib o’tishga urinayotgan noqonuniy muhojirlar oqimi oshgan. Ular qo’shni Belarusdan kelayotgani aytiladi. Hukumat migrantlarni to’xtatish uchun chegarada to’siqlar barpo qilinishini e’lon qildi.

“Belarus-Litva chegarasining eng kam qo’riqlanadigan joyiga ketyapmiz. Migrantlar, odatda, shu yerdan o’tadi. Bu yerda ilgari chegara punkti bo’lardi. Lekin koronavirus tufayli bir yarim yildan beri yopiq. Ba’zi devorlar va kameralar bor, chegaraning boshqa hududlarida esa kichik to’siqlar va chiziqlar bor, xolos”, - deydi litvalik chegara qo’riqchisi.

Har kuni qo’riqchilar o’nlab noqonuniy migrantlarni qo’lga olmoqda. Ularning aksariyati Afrika va Yaqin Sharqdan. Belarus orqali Yevropaga o’tish niyatida.

“Ularni chegaraga ataylab olib kelishyapti. Belarus tomonda o’tlar tekislanib ketganini ko’rishingiz mumkin, mashinalar izidan bu. Ba’zan migrantlar mamlakat ichigacha kirishadi, lekin bir necha kilometr, xolos. Baribir, qo’lga tushiramiz”, - deydi yana bir qo’riqchi.

Litvada bugun vaqtinchalik lagerlarda 2000 dan ortiq qochoq yashamoqda. Ular soni oshishda davom etyapti.

“Belarusdan keldim. Boshqa yo’lim yo’q edi. Vatanimda urush bo’lyapti va men o’zim uchun yaxshiroq, xavfsizroq bo’lgan joyda yashashni xohlayman. Har qanday davlatda, balki Germaniyada”, - deydi qochoqlardan biri.

Chegara yaqinida yashaydigan litvaliklar uchun bu yangi boshog’riq. Ba’zilar lagerlar tashkil etilganidan norozi, boshqalar esa yordamga shoshilmoqda.

“Biz uchun kutilmagan hol bo’ldi. Qishlog’imiz, rasmiylar, butun Litva uchun. Ko’pchilik yordam berishga harakat qilyapti. Masalan, biz qishloqliklar vodoprovod suvini ishamiz, qochoqlar ichmas ekan. Ularga buloqdan suv olib kelyapmiz”, - deydi qishloq rasmiylaridan biri.

Mamlakat harbiylari chegarada sim to’siqlar qurmoqda. Mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning aytishicha, armiya har doim yordam berishga tayyor.

“O’ta qiyin vaziyatlarda harbiylar mahalliy va davlat institutlariga yordam berishga chaqirilishi mumkin. Hozir shunday vaziyatdamiz. Ilgari logistika va lager qurilishlarida ham yordam berganmiz. Lekin bundan ham ko’proq ko’mak ko’rsatishimiz mumkin va buni qilamiz”, - dedi mudofaa vaziri.

Chodirli lagerlardan tashqari ba’zi migrantlar bo’sh turgan mehmonxonalarga ham joylashtirilgan. Qochqinlik maqomi hal bo’lguncha ular oziq-ovqat va boshqa zarur yordam bilan ta’minlanadi.

Xalqaro hayot - 29-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:03 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG