Jurnalistlarga tegmaslikka so'z bergan Tolibon Kobulda "Tolo" telekanali xodimini do'pposlagan. Muxbir Ziyor Xon Yod poytaxt markazida unga hujum qilinganini aytmoqda. Uning kamerasi, mikrofon va boshqa texnik uskunalari olib qo'yilgan.
"Tolo" kanaliga ko'ra, Yod ishsizlik haqida material tayyorlayotgan bo'lgan.
“Nega menga tashlanishdi, bilmayman. Tolibon nima bilan band ekanimizni bila turib, shunday hamla qildi. Hech kim jazolanmaydi, bilamiz. Matbuot mana shunday tahdid ostida", - deydi Yod.
Tolibon rasmiysi Ahmadulla Vosiq bu voqea tekshirilayotganini aytgan,
“Jiddiy qarayapmiz, xavfsizlik idoralari bu masala ustida ishlayapti,” deydi Vosiq.
Kobulda bir guruh jurnalistlar Tolibonga qarshi namoyishga chiqqan. Besh matbuotchining uyi tintuv qilingan.
Tolibon bosh matbuot kotibi Zabihulla Mujohid deydiki, OAV hech qanday tahdid ostida emas, ammo ulardan mas'uliyatli ishlash kutiladi. G'arbga ishlaganlar jazolanmaydi, deydi Mujohid.
“U yer, bu yerda mayda hodisalar bo'lib turadi. Toliblar idoralaringiz yaqinida ko'rinib qolishi mumkin, ammo ular sizga tegmaydi, erkin ishlayvering", - degan edi Muhojid hafta boshida kechgan konferensiyada.
AQShdagi Xalqaro ayolar media fondi nazarida Tolibon yolg'onchi.
"Jurnalistlar tekshirilayotgani, tazyiqda ekani haqida bizda bir talay ma'lumot bor”, - deydi Nadin Hoffman, fond vakili.
20 yildan beri ishlab yurgan jurnalistlar bir kunda bedarak yo'qolgan, deydi Hoffman.
G'arb davlatlari jurnalistlarni ham evakuatsiya qilayotganini bidiradi, ammo hammani olib chiqib ketish qiyin ekanini ham tan oladi. Tolibon iskanjasidagi qolayotganlar esa nima qilishini bimayd sarson.
Facebook Forum