Breaking News

Kiyev uchun janglar, yuzlab odam halok bo’lgan


Ukraina, Kiyev Rossiya qamaliga dosh berdi, ammo Kiyevni olish uchun janglar davom etmoqda. Ukraina poytaxti qamalda, rus armiyasi poytaxtga kirish yo’llarini zabt etgan.

25-fevral tunda Kiyev raketalardan o’qqa tutildi. Ukraina havo mudofaasi tizimi aksariyat raketalar yo’q qilingani haqida hisobot berdi, poytaxt osmonida rus armiyasiga qarashli qiruvchi samolyot urib tushirildi.

Kiyev Rossiya qamaliga dosh berdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:24 0:00

Urush, xususan Kiyevni zabt etish uchun yuritilayotgan janglar, davom etmoqda. Shahar ma’muriyati aholini uydan ko’chaga chiqmaslik, havo hujumiga doir sirenalar yangrashi bilan hujumdan muhofaza qiluvchi yerosti binolarga yashirinishni tavsiya qilmoqda.

Aholi kundalik ehtiyojiga doir o’ta zarur yumush bilan yoki havo hujumidan ogohlantiruvchi sirenalar eshitilsagina ko’chaga chiqmoqda. Kiyevga Ukraina qurolli kuchlariga qarashli qo’shimcha harbiy texnika, askarlar kiritilgan, shahar mudofaasi jiddiy mustahkamlandi.

Vaziyat baribir ancha tarang, kichik guruhlarga bo’lingan rus diversion guruhlari shaharga kirgan. Ular bilan lokal janglar bo’lib o’tmoqda. Bunday janglar tunda shaharning bir nechta tumanlarida kuzatildi.

Ukraina-Rossiya urushining umumiy statistikasiga kelsak, Rossiya jiddiy qurbonlar bermoqda. Har holda Ukraina tomonidan qaraganda aynan shunday. Ikki kunlik urush davomida uch mingdan oshiq rus askarlari o’ldirilgan, o’ndan oshiq harbiy uchoqlar, 100 ga yaqin texnika yo’q qilingan.

Ukraina tomoni tinch aholiga doir qurbonlar sonini ma’lum qildi. Rossiya bosqini boshlangandan beri 200 ga yaqin tinch aholi vakillari o’lgan.

Kiyev raketalardan o’qqa tutilgan tunda tinch aholidan, Ukraina mudofaa tizimi tomonidan boy berilgan qurbonlarga doir rasman tasdiqlangan ma’lumotlar hozircha yo’q. Kiyev metrosi jamoat transporti sifatida faoliyatini to’xtatdi, poytaxt metrolari aholini havo hujumidan muhofaza qiluvchi istehkomlarga aylandi.

Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina, Kiyev mudofaasi qarorida qat’iy. U 26-fevral kungi chiqishida Rossiyaning Kiyevni zabt etish, Ukrainada qo’g’irchoq hukumat o’rnatish rejasi amalga oshmaganini, Rossiya poytaxtni raketalar, artilleriyadan, havodan o’qqa tutganini aytdi.

So’nggi paytda Ukraina va Rossiya o’rtasida to’qnashuvni to’xtatishga doir muzokaralar o’tishi mumkinligi haqida gapirilmoqda, ammo hozircha bunday uchrashuv tashkil etilishi rasman tasdiqlanmagan.

Urushning uchinchi kuni, ya’ni 26-fevral, Ukraina, jumladan o’z mudofaasini davom ettirayotgan Kiyev uchun hal qiluvchi bo’lishi kutilmoqda.

Urush manzarasi: 25-26 fevral, 2022
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:31 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG