Breaking News

O'zbekiston Jahon banki yillik yig'inlarida: qarzlar, islohotlar


Jahon banki bu hafta Vashingtonda yillik majlislarini o'tkazdi
Jahon banki bu hafta Vashingtonda yillik majlislarini o'tkazdi

Bu hafta Vashingtonda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov Jahon banki guruhi prezidenti Deyvid Malpass, Xalqaro vayuta fondi bosh direktori Kristalina Georgiyeva va Xalqaro moliya korporatsiyasi bosh direktori Maxtar Diop bilan uchrashgan. Bugungi iqtisodiy vaziyat va bu moliyaviy institutlarning respublikaga ko'magi xususida gaplashilgan.

Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining yillik majlislarida O'zbekiston rasmiylari moliya, taraqqiyot va sarmoya bilan bog'liq masalalarni muhokama qildi.

Yig'inlarda O'zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov, Bosh vazir o'rinbosari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri muovoni Shuhrat Vafoyev, Moliya vaziri muovini Odiljon Isakov va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi va O'zSuvTa'minot hamkorlik kelishuvi, 22-aprel, 2022, Vashington
AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi va O'zSuvTa'minot hamkorlik kelishuvi, 22-aprel, 2022, Vashington

AQShning Vashingtondagi elchisi Javlon Vahobovga ko'ra, OPEC fondi bilan 100 million dollarlik qarz kelishuvi imzolangan. Venada asoslangan jamg'armaning bildirishicha, bu mablag' O'zbekistonga ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni quvvatlash uchun berilmoqda.

OPEC, Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti qoshida 1976-yildan beri faoliyat yuritadigan bu fond o'zini xalqaro rivojlanishni quvvatlovchi moliyaviy institut deb hisoblaydi. Unga 12 davlat kiradi: Jazoir, Ekvador, Gabon, Indoneziya, Eron, Iroq, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Venesuela.

O'zSuvTa'minot aksiyadorlik jamiyati va AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi orasida esa Jizzax va Chirchiqda gidro-tizimlarga ilg'or texnologiya olib kirish bo'yicha bitim imzolangan. Loyihaga tajriba sifatida qaralmoqda deydi rasmiylar, unga AQSh 500 ming dollarcha ajratmoqda.

Xalqaro valyuta fondi taxminicha, Ukrainadagi urush, G'arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari, savdo-sotiqdagi uzilishlar, oziq-ovqat qimmatlashuvi sabab O’zbekistonda bu yilgi o’sish 3-4 foizda bo'ladi, inflyatsiya esa 12 foiz atrofida.

O'zbekiston OPEC fondidan 100 million dlollar qarz oladi
O'zbekiston OPEC fondidan 100 million dlollar qarz oladi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG