Breaking News

AQSh delegatsiyasi Dushanbeda: xavfsizlik, iqtisod va afg'on qochqinlar


Tojikiston Tashqi ishlar vaziligida AQSh delegatsiyasi bilan muloqot, 25-may, 2022
Tojikiston Tashqi ishlar vaziligida AQSh delegatsiyasi bilan muloqot, 25-may, 2022

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu boshliq delegatsiya bugun Dushanbeda bo'ldi. Amerika rasmiylari Tojikiston rahbariyat bilan muloqot qilgan, jumladan Tashqi ishlar Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashgan.

Xavfsizlik, iqtisod, Rossiyadagi urush va G'arb sanksiyalarining ta'siri, sarmoya va inson huquqlari masalalari muhokama qilingan.

Tojikiston - Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining a'zosi. Yillik daromadining uchdan biri Rossiyada ishlaydigan mehnatkashlar yuborgan mablag'ga to'g'ri keladi. Shuningdek, Tojikistonda Rossiyaning xorijdagi eng katta harbiy kontingenti joylashgan.

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu Tojikiston Tashqi ishlar Sirojiddin Muhriddin bilan, Dushanbe, 25-may, 2022
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Donald Lu Tojikiston Tashqi ishlar Sirojiddin Muhriddin bilan, Dushanbe, 25-may, 2022

AQSh bilan iqtisodiy aloqalar chuqur emas. Amerika sarmoyasi ham Tojikistonda salmoqli, deya tasvirlanmaydi. Biroq Qirg'iziston qatori respublika Vashingtondan yiliga 40-50 million dollarga teng ko'mak oladi. Bu yordamni ma'qullaydigan Kongress nazarida Tojikiston siyosiy va iqtisodiy jihatdan o'ta zaif tuzumlardan biri.

Afg'onistonga qo'shni mamlakat rahbariyati Tolibonning hokimiyatga qaytganidan norozi bo'lib, uni qoralab chiqqan. Oxirgi oylarda Kobul bilan muloqot shakllangan, ammo Tojikiston Afg'onistondagi jangarilar va bugungi vaziyat uning tinchligiga bevosita tahdid solayotganini ta'kidlab keladi.

AQSh rasmiylari Tojikistonda afg'on qochqinlari bilan uchrashdi, 25-may, 2022
AQSh rasmiylari Tojikistonda afg'on qochqinlari bilan uchrashdi, 25-may, 2022

Bugungi kunda chegaradosh hududlarda minglab afg'on qochqinlar yashaydi. Amerika ularga yordam va'da qilgan. Lu va boshqa rasmiylar bugun bu qochqinlarning ayrimlari bilan uchrashgan.

Diplomatlarga ko'ra, AQShdan borgan mehmonlarning asosiy maqsadi dolzarb mavzular yuzasidan maslahatlashish, hamkorlikni kengaytirish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish. Tashrif mobaynida biror yangi hujjat imzolanmayapti. Lu va delegatsiya hafta boshida Bishkekda edi, keyin Toshkentda bo'ldi. Dushanbedan endi Nursultonga boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG