Breaking News

Nuri Turkel endi AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi raisi


Uyg'ur yurist Nuri Turkel AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasida ikki yildan beri faoliyat olib boradi
Uyg'ur yurist Nuri Turkel AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasida ikki yildan beri faoliyat olib boradi

AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi 2022-2023 yillar uchun yangi rais saylagan - uyg'ur yurist Nuri Turkel. Turkel ikki yildan yildan beri bu komissiyaning a'zosi.

“Komissiya raisi bo'lish men uchun sharaf", -deydi u.

"Dunyo bo'ylab e'tiqod erkinligini himoya qiluvchi organga yetakchilik qilish - ulkan mas'uliyat".

Komissiya a'zolari respublikachilar va demokratlardan iborat guruh bo'lib, maqsad - Oq uy, Davlat departamenti va Kongressni global vaziyatdan boxabar qilib turish. A'zolarni bu o'ringa Kongress ko'rsatadi va turli sohalarda ishlab tajriba orttirgan mutaxassislardir.

Turkel 2020-yilda Vakillar palatasi raisi Nensi Pelosi tomonidan tayinlangan va yaqinda yana ikki yilga tasdiqlandi.

Yaqinda O'zbekistonga safar qilgan Turkel ona vatanini Sharqiy Turkiston deb ataydi, rasman Xitoyning Shinjon muxtoriyati. Mutaxassis yoshligidan uyg'ur huquqlari uchun kurashib keladi. Oliy ta'limni Amerikada olgan va bir necha yil Vashingtondan yuridik firmalarda ishlagan, shuningdek, o'z advokaturasini yuritgan.

Turkel Uyg'ur Inson huquqlari loyihasi degan nodavlat tashkilotning rahbari hamdir. Hadson instituti eksperti va Tashqi aloqalar kengashi a'zosi.

AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi yillik hisobotlari orqali Vashingtonni va dunyo hukumatlarini e'tiqod huquqlarini ta'minlashga va targ'ib qilishga undab keladi.

Davlat departamenti ham shunday hisobotlar chiqaradi. Lekin, deydi rasmiylar, komissiyaning tahlilnomalari alohida o'rin tutadi, chunki unda ma'muriyat va qonunchilarga muayyan tavsiyalar beriladi, jumladan qay davlatga nisbatan qanday siyosat yuritish. Masalan, e'tiqod erkinligini eng qo'pol buzayotgan davlatlar alohida e'tiborga molik deya maxsus ro'yxatga kiritiladi, undan keyingi o'rindagilar esa maxsus kuzatuvda bo'ladi.

Muddao, deydi komissiya a'zolari, Amerika hukumati har bir mamlakat bilan aloqalarni tebratishda diniy erkinlikni ham inobatga olsin, uni himoya qilsin.

Nuri Turkel - AQSh Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi a'zosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:30 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG