Eronning Kiyevdagi elchixonasi norozilik ostida
Rossiya Ukraina shaharlarini Eronda ishlab chiqarilgan “Shahed-136” dronlari bilan nishonga olar ekan, hozirgacha bu zarbalardan Kiyevning o’zida bir necha kishi halok bo’ldi. Faollar Eronni terrorizmda sheriklikda ayblamoqda, Rossiyani qo’llab quvvatlashni to’xtatishni talab qilmoqda. Rossiya tomonidan “Geran-2” deb nom berilgan dronlar asosan Ukrainadagi infratuzilmalarni, xususan tokishlab chiqaruvchi issiqlik stansiyalariga zarba bermoqda. 18-oktabr kuni Kiyevdagi elektrostansiyalardan biri o’qqa tutildi. Natijada poytaxtning bir tumani elektr chirog’isiz qoldi. Hozirgacha Ukraina bo’ylab nishonga olingan elektr stansiyalarining aksariyati Eronda ishlab chiqarilgani aytilayotgan “Shahed 136” dronlari hisobiga to’g’ri kelmoqda. Rossiya armiyasi Erondan kamikadze nomi bilan mashhur bu kabi dronlarni bir necha minggini sotib olgani haqida ma’lumotlar bor. Ammo Eron buni rasman rad etgan. Eron Rossiyaga harbiy ko’mak ko’rsatayotgani haqidagi xabarlar ortidan Kiyev va Tehron o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, aloqalar muzlagan. Eronning Kiyevdagi elchixonasida faqat xizmat ko’rsatuvchi personal qolgan, diplomatlar esa allaqachon Ukrainani tark etgan.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
Mart 24, 2025
Amerika Manzaralari
-
Mart 18, 2025
AQSh dengiz piyoda kuchlari muzeyida yangi ko’rgazma
-
Mart 17, 2025
Amerika Manzaralari
-
Mart 15, 2025
Florida lamantinlari hayotidan lavha
-
Mart 14, 2025
Jonli efir: AQSh Ta'lim vazirligi taqdiri
Facebook Forum