Breaking News

Ukraina: Frontdan dunyoga ma’lumot uzatayotgan jurnalistlar


Ukraina urushining bir yilligi: Jurnalistlar xavfsizligi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Ukrainadagi urushni yoritishga borgan jurnalistlar xavf bilan yuzlashadi. O’tgan bir yilda bir nechasi halok bo’ldi, jarohatlandi. Ayrim tashkilotlar muxbirlarga trening va jihozlar taklif etmoqda.

Urushni yoritish uchun dunyoning turli burchaklaridan minglab jurnalistlar Ukrainaga bordi. Ko’plab ukrainalik jurnalistlar ham odatda yoritadigan mavzularini chetga surib, frontga jo’nab ketdi.

O’ndan ortiq muxbir urush zonalarida halok bo’ldi. Frontdan og’ir jarohat bilan qaytganlari ham bor. Tajribali jurnalistar yaqin o’tmishda bunday janglarga guvoh bo’lmaganini aytadi.

“Yaqinda Baxmut va Soledar shaharlarida bo’lib qaytdim. Ikkinchi jahon urushidagi sahnalarni eslatadi. Ko’plab urushlarni yoritganman, fuqaro urushlari, qo’zg’olonchilarning armiya bilan janglari. Lekin bunisi juda qonli, artilleriyaga asoslangan urush”, - deydi fotojurnalist Pol Konroy.

Mojaro Ukrainaga ko’plab frilanser, ya’ni mustaqil jurnalistlarni jalb qildi. Orasida avval urush ko’rmagan, nom qozonish uchun kelganlari ham bor. Tayyorgarlik yo’qligi halokatli bo’lishi mumkin.

Londonda asoslangan “Frontline Club” va Lvov matbuot erkinligi markazi kabi tashkilotlar mustaqil jurnalistlarga trening taklif qiladi.

“Ularni, shuningdek, jilet, dubulg’a, tibbiy aptechkalar bilan ta’minlaymiz. Tahlika ichida ishlashni o’rgatamiz”, - deydi markaz vakili Olga Letnyanchik.

Kiyevdagi bu treningda jurnalistlar otishma va portlashlar bo’layotgan maydonda qanday ishlashni o’rganmoqda. Bunday malaka hayotingizni saqlab qolishi mumkin, deydi 2012-yilda Suriyada bo’lgan Konroy.

“Portlashda yaralanganman. Turniketdan foydalanishni bilish kerak. Tibbiy bilimlar juda muhim. O’z hayotingizni saqlab qolasiz”, - deydi fotojurnalist.

Ammo jurnalistlar qanchalik malakali bo’lmasin, o’lim va jarohatdan har doim ham qochib bo’lmasligini ular yaxshi biladi.

“Urushda xavfsiz bo’lishning imkoni yo’q, bu shafqatsiz urush. Tinch aholi halok bo’layapti, odamlarning uylariga raketalar tushayapti”, - deydi frilanser Dima Kilchelko.

Ukrainalik hamkasblari singari u ham mamlakat himoyasiga o’z ishi orqali hissa qo’shayotganini aytadi.

Odatda jurnalistikaning maqsadi ziddiyatli vaziyatda ham neytral axborot tarqatish. Ammo, deydi Kilchelko, tinch aholining azob-uqubatlari haqida tashqi dunyoni xabardor qilish ukrainlarning xalq sifatida yashab qolishi uchun muhimdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG