Vatanini tark etishga majbur bo’lgan afg’onistonlik jurnalist Ozito Nozimiy mamlakatda yashayotgan ayollar hayotini yoritish imkoniyatiga ega emasligidan afsusda.
To’rt farzandi bilan Pokistonda istiqomat qilayotgan jurnalist afg’on ayollari uchun nimalar muhim ekanini biladi. U xotin-qizlar salomatligi va muammolarini yoritib kelgan muxbirlardan biri.
Ozito 15 yil davomida “TOLO TV”, “Yak TV” (1TV) va “Begum” radiosida ishlagan. 2021-yilning avgustida Tolibon qudratni qo’lga olar ekan, Ozito va uning hamkasblariga vazifasini tark etish buyurilgan.
“Bizning barcha umid va orzularimiz o’tgan 20 yilda ayollar erishgan yutuqlar, demokratiya, so’z va matbuot erkinligi edi”, - deydi u.
Tolibon hokimiyatga kelganidan olti hafta o’tib, Nozimiy norozi ayollar guruhiga qo’shildi. Guruhning asosiy maqsadi xotin-qizlarga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga qarshi kurashish edi.
“Maqsadimiz erkinligimizga erishish edi. Lekin bizning ovozimizni hech kim eshitmadi. Shu sababdan Afg’onistonni tark etdik”, - deydi Nozimiy.
Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti vakili Rebekka Vinsentning ta’kidlasha, toliblarning hokimiyatga qaytishi matbuotga salbiy ta’sir qilgan.
“Matbuotda ishlayotgan ham erkaklar, ham ayollar soni keskin kamaygan. Xususan, ayollar soni nomutanosib ravishda juda ozayib ketgan”, - deydi Vinsent.
Uning aytishicha, 2023-yildan e’tiboran Afg’onistonning 34 viloyatidan 11 tasida ayol jurnalistlar qolmagan. Tolibondan oldin mamlakatda 2700 nafar ayol jurnalist faoliyat yuritar edi. Hozir esa 600 ga yaqini ishini davom ettirmoqda.
“Ayollar ko’zga ko’rinmay qolgan. Nafaqat mavzularni yorituvchilar safida, balki hikoyalarning o’zida ham endi ayollar yo’q. Tolibon yangiliklarni nafaqat kim va qanday taqdim etishini cheklamoqda, hatto kimlar bilan suhbatlashishga ruxsat borligini, ekranda kim ko’rinishini ham chegaralab qo’ygan”, - deydi Rebekka Vinsent.
Ayol jurnalistlar uchun maydon torayib borayotgani afg’on ayollarining jamiyatdagi umumiy ahvolini aks etuvchi holatdir.
“Agar ruxsat berilsa, ayollar salomatligi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo’yicha ishlagan bo’lardim. Afsuski, jurnalistlarga bunday mavzularni yoritish uchun ruxsat yo’q”, - Nozimiy.
Afg’onistonda ommaviy axborot vositalari haliyam bor, lekin deydi Vinsent, mustaqil jurnalistlarning kasbiy qobiliyati nobud bo’lmoqda.
Facebook Forum