Breaking News

Yangi konstitutsiya Mirziyoyevga Karimov imkoniyatlarini taqdim etadimi?


Hozircha Prezident Shavkat Mirziyoyevning uchunchi muddatga o'z nomzodini surishi aniq emas, ammo faollar nazarida, referendum aynan shuning uchun o'tkazilmoqda (president.uz)
Hozircha Prezident Shavkat Mirziyoyevning uchunchi muddatga o'z nomzodini surishi aniq emas, ammo faollar nazarida, referendum aynan shuning uchun o'tkazilmoqda (president.uz)

O'zbekistonda Yevropada Xavsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) guruhi o'z ishini boshlagan. Tashkilotning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosini (DIIHB) cheklangan missiyasi 30-aprelga belgilangan referendumni kuzatadi.

Konstitutsiyaviy o'zgarishlar bo'yicha o'tkazilayotgan tadbirda asosiy e'tibor prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirilayotganida.

O'zbekistonning oldigi uzoq yillik rahbari Islom Karimov bosh qomusni yangilab, oldingi muddatlari hisobga olinmasligini va shu tariqa yangi muddatlar uchun yo'l ochib, hokimiyatda qolishni ta'minlagan.

Aksariyat qismi yangilangan bosh qomus loyihasi ma'qullansa, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham hozirgacha xizmat qilgan ikki muddatini nollashtirib, 7 yildan ikki muddatga harakat qilishi mumkin.

YXHT kuzatuv missiyasi rahbari Albert Jonsonning Toshkentdagi matbuot anjumanida ta'kidlashicha, uning boshchiligidagi eskpertlar referendumga tayyorgarlik, shuningdek, bevosita ovoz berish jarayonini ko'zdan kechiradi.

Missiyaning dastlabki xulosasi referendumning ertasi kuni, yakuniy xulosasi esa ikki oy o'tib e'lon qilinadi.

Mirziyoyev 2021-yilning 24-oktabrida o'tgan saylovda ikkinchi muddatga saylangan
Mirziyoyev 2021-yilning 24-oktabrida o'tgan saylovda ikkinchi muddatga saylangan

Ayni paytda referendumga tayyorgarlik, taklif etilayotgan konstitutsiyaviy o'zgarishlar targ'ibotiga doir kampaniya mamlakat bo'ylab avjga chiqqan.

Deputatlar, taniqli ziyolilar, sportchilar va san'atkorlar ishtirokida o'tkazilayotgan tadbirlarda "rivojlanishning yangi bosqichi", inson huquqlari va so'z erkinligini ta'minlash uchun tashlanayotgan qadamlar ulug'lanmoqda.

Bu targ'ibot kampaniyasida yangi konstitutsiyaviy qonun tasdiqlanishi, xususan prezidentlik muddati uzaytirilishi iqtidordagi Mirziyoyevning 2040-yilgacha prezidentlikda qolishiga yo'l ochishi mumkinligi haqida gap yo'q.

Konstitusiyaviy o'zgarishlarga tanqidiy qarash matbuotda uchramaydi. Referendum bo'yicha aholiga yetkazilayotgan asosiy ishora - yangi konstitutsiya tasdiqlanishi mamlakatni taraqqiyotga eltishdir.

Sharhlovchilarga ko'ra, referendumda yangi kontsitutsiya tasdiqlangan taqdirda bu Prezident Mirziyoyevning uchinchi muddatiga qonuniy asos bermaydi. Ovozga qo'yilgan loyihada ham bir kishi ikki muddatga prezident bo'lmasligi qayd etilgan..
Yangi konstitutsiya prezident muddatlarini nollashtirishi, Mirziyoyev istasa o'z nomzodini yana prezidentlikka surishi mumkinligi Senat raisi o'rinbosari Sodiq Safoyev tomonidan bildirilgan edi.

Hozircha Mirziyoyevning uchunchi muddatga o'z nomzodini surishi aniq emas, ammo aksariyat faollar referendum aynan shuning uchun o'tkazilayotganiga ishonishadi.

O'zbekistonning oldigi uzoq yillik rahbari Islom Karimov bosh qomusni yangilab, muddatlarini nollashtirib, hokimiyatda qolishini ta'minlagan
O'zbekistonning oldigi uzoq yillik rahbari Islom Karimov bosh qomusni yangilab, muddatlarini nollashtirib, hokimiyatda qolishini ta'minlagan

Turkiyada konstitusiyaviy o'zgarishlar ortidan amaldagi prezident ishtirokidagi saylovlar kutilyapti.

U yerda muxolifat prezident konstitsiyaviy o'zgarishlardan avval ikki muddat mamlakatni boshqargani, nomzod bo'lishga haqli emasligi yuzasidan sudga arz qilgan.

Mustaqil jurnalist, sobiq siyosiy mahkum Yusuf Ro'zimurod nazarida:

"Turkiyadagi saylovlarni O'zbekistondagi bilan qiyoslash qiyin. Qolaversa, Erdog'an avval mamlakatni bosh vazir lavozimida boshqargan. Agar O'zbekistondagi o'zgarishlarga qaraydigan bo'lsak, Mirziyoyev mamlakatni prezidentlik maqomida ikki muddat boshqardi. Bu yerda uning yana prezidnetlikka nomzod bo'lishiga imkoniyat beruvchi qonuniy asos yo'q, referendumda yangi konstitutsiya tasdiqlangan taqdirda ham. Lekin Mirziyoyevning uchinchi, to'rtinchi muddati bo'lishiga shubha qilmayman. Chunki referendum aynan shuning uchun o'tkazilmoqda. Albatta, Mirziyoyev uchinchi muddatga nomzod surgan taqdirda, nazariy jihatdan bu qaror ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyati bor. Ammo O'zbekistonda bunday shikoyatni sud ko'rib chiqishini tasavvur qilish qiyin. Mening fikrimcha, yangi konstitutsiya tasdiqlanishi ortidan Mirziyoyev o'z hokimiyatini xohlagan paytda, xohlagan muddatga uzaytirish vakolatlarini qo'lga kiritadi. Konstitutsiyaviy o'zgarishlar o'z vaqtida Karimovga ham shunday imkoniyat bergan, u ham umrining oxirigacha hokimyatda o'tirgan edi".

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG