Breaking News

Markaziy Osiyoda ob-hayot monitoringining yangicha yo'li


Sirdaryo, Xo'jand, Tojikiston, 4-sentabr, 2023 (Navbahor Imamova/VOA)
Sirdaryo, Xo'jand, Tojikiston, 4-sentabr, 2023 (Navbahor Imamova/VOA)

MODSNOW qancha qor tushgani, gidrologik jarayonlar, taxminiy tahlil, kundalik suv hajmi, muzliklarning erish darajasi va mavjud resurslar haqida axborot beradi.

Suv - har bir davlat va mintaqa uchun birlamchi ahamiyatga ega boylik. Markaziy Osiyoda yirik daryolar Hindikush, Pomir va Tyan-Shan tog'larida vujudga keladi.

Muzliklar erishi natijasida paydo bo'ladigan suv oqimlari bir necha mamlakatni, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Janubiy Osiyoda ham ob-hayot bilan ta'minlaydi.

Iqlimdagi salbiy o'zgarishlar tabiatga zarar keltirib, aynan suv resurslariga e'tiborni oshirar ekan, atrof-muhitdagi o'zgarishlarni ilg'ash va to'g'ri tahlil qilish kuchli ogohlik va ilg'or texnologiya talab qiladi.

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ekspertlar bilan hamkorlikda MODSNOW degan vositani targ'ib qilmoqda. Mintaqaga qancha qor tushgani, gidrologik jarayonlar va taxminlar, kundalik suv hajmi, muzliklarning erish darajasi va mavjud resurslar haqida muntazam ravishda shu dastur xabardor bo'lib turishi mumkin.

USAIDning Markaziy va Janubiy Osiyo bo'yicha bosh rasmiysi Anjali Kaur deydiki, hech bir davlat yer yuzida harorat ko'tarilib borayotganiga befarq bo'la olmaydi. Har ikki mintaqada hukumatlar muammo ko'lamini tushunadi, deydi u. AQSh bu masalalarda ular ham ishlashga tayyor.

MODSNOW - raqamli texnologiyaga asoslangan bepul monitoring programmasi. Uni Berlinda asoslangan IWES (Innovative Water & Environmental Solutions) kompaniyasi asoschisi va rahbari, o'zbekistonlik Abror Gafurov ishlab chiqqan.

Abror Gafurov - muzliklar va suv manbalarini minotoring qiluvchi MODSNOW dasturini yaratgan gidrolog
Abror Gafurov - muzliklar va suv manbalarini minotoring qiluvchi MODSNOW dasturini yaratgan gidrolog

Gafurov - tog' gidrologiyasi bo'yicha yetakchi mutaxassis. Uning ixtirosi endilikda Markaziy Osiyo uchun moslashtirilib, regional vaziyatni kuzatish uchun ishga solinmoqda.

Tashabbusni Tojikiston hukumati quvvatlaydi, deydi respublikaning AQShdagi elchisi Farrux Hamrolizoda, Vashingtonda Uilson markazida (Wilson Center) o'tgan forumda so'zlar ekan.

"Bizning davlatimiz eng kam zaharli gaz chiqaradigan mamlakatlardan biri", - deydi Hamrolizoda.

"Biroq muzlarning tezlikda erib borayotganidan eng ko'p zarar ko'ramiz. Shu bois iqlim bilan bog'liq tashabbuslarda, ayniqsa BMT doirasida biz faol harakatdamiz. Muzliklarni asrab-avaylashda jonbozlik ko'rsatishda davom etamiz",- deydi elchi.

10-13 iyun kunlari Dushanbeda bu mavzular xalqaro anjumanda muhokama qilinishi kutilmoqda. Tojikiston Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo hukumatlari va nohukumat sektorini bu yig'inga taklif qilmoqda.

Qirg'izistonning Amerikadagi elchisi Baktibek Amanbayev davlati asosan tog'li hudud ekaniga urg'u beradi.

"Biz - gidroenergiya manbaimiz. Toza quvvat ishlab chiqarishda yetakchi rol o'ynay olamiz. Hozirda bu potensialimizning atigi 15 foizidan foydalanamiz. Muzliklarimiz talay, ayniqsa Pomir-Oloy tog'lar tizmasida. Nepaldan keyingi ikkinchi eng yirik shunday boylik bizning hududimizda", - deydi Amanbayev.

"Harorat ko'tarilar ekan, muzliklarimiz tezlikda erib bormoqda. Tabiiyki, qattiq tashvishdamiz. Buni biz BMT minbarlarida ham bildirganmiz", - deydi u, Prezident Sadirbek Japarovning xalqaro hamjamiyatga qilgan murojaatlariga ishora qilib.

"Biz suvni samarali boshqara olishimiz kerak. Buning uchun effektiv, kuchli vositalar zarur".

MODSNOW shuning uchun uning hukumatiga ham ma'qul.

Qor - bag'oyat muhim manba, deydi gidrolog Abror Gafurov. U bilan bog'liq jarayonlarni kuzatib, to'g'ri tahlil qila olish uchun sizga ishonchli ilmiy ma'lumot zarur.
Qor - bag'oyat muhim manba, deydi gidrolog Abror Gafurov. U bilan bog'liq jarayonlarni kuzatib, to'g'ri tahlil qila olish uchun sizga ishonchli ilmiy ma'lumot zarur.

"Suv - tinchlik va farovonlik asosi", - deydi Gafurov, dasturni Vashingtonda taqdim etar ekan.

Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyodagi muzliklar, uning ta'riflashicha, dunyoning bu qismlaridagi "suv minoralaridir". Mintaqadagi tog'lar suvni ushlab turish salohiyatini boy bermoqda, deydi u. Ob-hayot kamayishi tahdidi shu bilan bog'liq.

"Suv borasida mukammal qaror qilish uchun sizga data kerak. MODSNOW sizga shu jihatdan qo'l keladi".

Ishonchli ma'lumotga ega bo'lish, ayniqsa iqlim va tabiat yuzasidan, mintaqada hamon qiyin masala. Qor iyulgacha erib, undan keyin suv ozayadi, bu esa qishloq xo'jaligiga keskin ta'sir qiladi.

MODSNOW aniqlashicha, qor va muzliklar hajmi 2017-2024 yillar orasida keskin kamaygan
MODSNOW aniqlashicha, qor va muzliklar hajmi 2017-2024 yillar orasida keskin kamaygan

Gafurovning kompaniyasi nafaqat vizual axborot taklif qiladi, balki 100 dan ortiq mutaxassislarni ham treninglardan o'tkazgan.

Har bir mintaqani qismma-qism kuzatish, istalgan hududdagi holatni o'rganish imkoni mavjud, deydi u.

Oq uy sobiq rasmiysi Erik Rudenshiold deydiki, 10 yil oldin Markaziy Osiyo hukumatlari bir-biri bilan suv borasida deyarli gaplashmas, gaplashsa ham o'zaro tahdidlar qilar edi. Hozirda muloqot avj olayotgani, uning fikricha, ijobiy o'zgarishlardan biri.

"Bugun suv mintaqada 1960-yillarga qaraganda to'rt karra kamaygan ... Muzliklarning uchdan biri bitgan. Ular sayyora bo'ylab eng jadal eriyotgan muzliklardir", - deydi Rudenshiold.

U ham bu jarayonning og'ir oqibatlari xususida ogohlantirib, jumladan Turkmanistonning 80 foizi qurg'oqchilikdan aziyat chekayotganini aytadi. Mintaqa aholisining 30 foizi cho'llashishdan zarar ko'rmoqda.

"Markaziy Osiyoning ayrim qismlari inson hayot kechira olmaydigan hududlardir ... Qishda juda kam qor yog'moqda",- deydi Rudenshiold.

O'tgan yozda, deydi u, regionning deyarli barcha yirik shaharlari suv taqchilligi bilan yuzlashdi. Havo buzilgan. Energiya uchun asosan neft, ko'mir va tabiiy gaz qo'llanadi. Hammasi atrof-muhitni keng miqyosda zaharlaydigan manbalar, deya qayd etadi Rudenshiold.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG