Tolibon Badaxshonda k'oknor dalalarini buzishga bel bog'lagani mahalliy aholi orasida keskin norozilikka sabab bo'lmoqda. Afg'oniston shimoli-sharqida Tolibon qarshilikni bostirish uchun qurolli choralar ko'rmoqda.
O'tgan hafta ichki ishlar xodimlari va dehqonlar to'qnashgan. Ikki fermer o'ldirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda manzarani aks ettiruvchi videolar tarqagan. Ular qayerda qachon olinganini tasdiqlash qiyin, ammo Tolibonga qarshi chaqiriqlar yangarayotgani eshitladi.
Mahalliy rahbarlar aholining shikoyatini o'rganayotganini bildirgan.
Talibon matbuot kotibi Zabihulla Mujohid Badaxshondagi vaziyat viloyat bosh harbiysi Qori Fasihuddin nazorati ostida ekanini aytadi.
“Ko'knor maydonlari har bir viloyatda yo'q qilinadi, biror istisnoga yo'l berilmaydi. Xavfsizlik xodimlarga hamla qilinishiga toqat qilinmaydi", - deydi Mujohid.
Qori Fasihuddin ham o'xshash bayonot bergan. Tolibon qoradori yetishtirishga chek qo'yishni va'da bergan.
Badaxshon va qo'shni viloyatlar aholisi toliblarning aksariyatidan farq qiladi, ya'ni etnik jihatdan pashtun emas.
1990-yillardagi hukmronlik davrida Tolibon bu hududlarni idora eta olmagan, Badaxshon Tojikiston va Pokiston bilan chegaradosh.
Hozirda 34 viloyat, ya'ni butun Afg'oniston nazorat ostida ekanini aytilsa-da, shimoli-sharqda hamon Tolibonga qarshilik kuchli. Iqtisodiy ahvol og'ir. Ishsizlik va qashshoqlik keng. Tirikchilik qilish uchun imkoniyatlar borgan sari oz, deydi mahalliy aholi.
Taqriban 40 millionlik aholiga ega Afg'onistonda ko'knorning cheklanishi, Jahon banki hisobicha, 1,3 milliard dollar zarar. Uni yetishtish 95 foizga kamaygan va yarim millionga yaqin odam ishidan ayrilgan. Xalqaro tashkilotlar qoradori ishlab chiqarish pasayganini olqishlaydi, ammo aholi uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratish joizligini ta'kidlaydi.
Biroq Tolibon hukumat sifatida tan olinmagan va Afg'oniston bilan hamkorlik, xususan G'arb tomonidan cheklovlar ostida qolmoqda.
Jahon banki va BMT Afg'oniston inson huquqlari hurmat qilinishi shart va afg'on jamiyatni aks ettiruvchi siyosiy boshqaruv shakllanishi shart, deb undab kelmoqda.
2022-yilgacha Afg'oniston dunyoning eng yirik afyun yetishtiruvchisi edi. Endilikda bunday emas, deya e'tirof etadi BMT.