Breaking News

Bayden va Tramp ayol saylovchilar ko'nglini ovlamoqda


Bayden va Tramp teledebatini tomosha qilayotgan ayollar, Kaliforniya, 29-sentabr, 2020.
Bayden va Tramp teledebatini tomosha qilayotgan ayollar, Kaliforniya, 29-sentabr, 2020.

Ayol saylovchilarga qaratilgan siyosiy kampaniyalar e’tibori abort va reproduktiv salomatlik masalalarida. Biroq Amerika ayollarini nafaqat abort, balki iqtisod, sog’liqni saqlash va jinoyatchilikka doir nozik masalalar ham qiziqtiradi.

Minnesotalik saylovchi Rebekka Jensenning aytishicha, oqilona qarorlar qabul qilib kelayotgan Jo Bayden Oq uyda qolishi kerak.

“Iqlim, iqtisod va sog’liqni saqlash sohasida to’g’ri qarorlar berildi. O’zim hamshiraman, klinikamizda hanuz koronavirusga chalinganlar davolanmoqda. Barcha pandemiya yakun topgani haqida gapiradi, aslida biz pandemiyaning o’rtasidamiz. Oq uyda esa ilm-fanga ishonadigan rahbar o’tirgani yaxshi”, - deydi u.

Xalqaro hayot - 23-may, 2024 - Falastinni tan olish, AP, Ayol saylovchilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:11 0:00

Nevadalik Juli Benb nazdida, Tramp Oq uyni qayta egallashi lozim.

“Tramp davrida iqtisodiy ahvol yaxshi edi. Tinchlik hukmron edi, Har kimning ishi bor edi. Yoqilg’i narxlari normal edi. U vatanini sevadi. Yaxshi inson. Yaxshi farzandlarni voyaga yetkazgan. Uni qayta saylaymiz”, - deydi suhbatdoshimiz.

Bayden ayollar salomatligiga doir tashabbuslari bilan ularni o’ziga og’dirish payida.

“Meditsinaning barcha yutuqlarini tasavvur qiling, ayollar e’tibordan chetda qolavergan. Sizga navbat yetguncha katta vaqt boy berildi”, - deydi u.

Baydenning saylovoldi kampaniyasi Onalar kuni arafasida Trampning immigrant bolalarni onalaridan ajratish siyosati qoralangan siyosiy reklamani tarqatdi.

Xristian ayollar qarshisida so’zlar ekan, Tramp Yevropada tinchlik o’rnatishni va’da qildi.

“Saylovda yutishim bilan, Oq uyga yetib ham bormay, Rossiya-Ukraina urushini nazoratga olaman”, - dedi u.

Tramp ayol saylovchilar ko’ngliga yo’l izlar ekan, jinoyatchilik va immigratsiyadan ham so’z ochmoqda.

“Nazarimda, chekka hududlardagi uy bekalarining xavfsizligini ta’minlashni menga ishonish mumkin. Biroq migrantlar ularning taqinchoqlari, xamyoni, elektron jihozlari, soatlari va bor naqd pullarini o’marmoqda. Agar noqonuiy muxojir uyingizga kirib, tortmalaringizni bo’shatib ketishini istamasangiz, egri Baydenni Oq uydan chiqarib yuborish uchun ovoz bering”, - dedi Tramp.

Amerika ayollari va siyosat markaziga ko’ra, 1980-yildan buyon har bir saylovda ayol fuqarolar erkaklardan ko’proq qatnashgan. 2020-yil Baydenga ovoz bergan ayollar Trampning ayol tarafdorlaridan 11 foiz ko’p bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG