Breaking News

Bayden-Tramp dueli: Iqlim himoyasi borasida kim ustun?


AQSh prezidentligi uchun eski raqiblar: 45-prezident Donald Tramp va 46-prezident Jo Bayden
AQSh prezidentligi uchun eski raqiblar: 45-prezident Donald Tramp va 46-prezident Jo Bayden

Prezident Jo Bayden iqlim muammosiga doir pozitsiyasini aniq va ravshan bayon qilib keladi.

“Mening ma’muriyatim iqlim muammosiga nafaqat Amerika, balki butun insoniyatga tahdid sifatida qarab keladi”, deydi u.

Bayden quyosh va shamol energiyasi inshootlarini kengaytirdi. Federal yerlarda neft-gaz ishlab chiqarishni chekladi.

Tabiat faollari yanada dadil qadamlarni kutmoqda.

Xalqaro hayot - 31-may, 2024 - Trampda rekord, Yevropa Ittifoqi saylov arafasida, Iqlim
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:15 0:00

“Burg’ulash nafaqat iqlimga, balki Amerika g’arbidagi kamyob qushlar va jonivorlar hayotiga ham tahdid. Toza energiya sohasini takomillashtirish barobarida yoqilg’i qazib olishni ham qisqartirish shart”, - deydi neft-gaz zarari bo'yicha mutaxassis Kollin Ris.

Iqlimdan xavotirdagi qatlam ovozini olish uchun Baydendan ko’proq o’zgarish qilish kutiladi.

“Bayden yonilg’i ishlab chiqarishga qarshi ekanini amalda ko’rsatishi kerak. Tabiat faollari shundagina unga istab-istamay ovoz beruvchi emas, balki ko’plab do’stlarini faol ovoz berishga undaydigan kuchga aylanadi”, - deydi Ris.

Nyu-York sudida aybdor topilgan Donald Tramp iqlim borasida radikal pozitsiyada.

“Burg’ulayveramiz”, - deydi u.

AQSh Senatining Moliya va byudjet bo’yicha qo’mitasi tergov boshlagan: Tramp neft-gaz kompaniyalaridan saylov kampaniyasi uchun 1 milliard dollar so’ragan, evaziga iqlim o’zgarishiga qarshi cheklovlarni bekor qilish va’dasini bergan bo’lishi mumkin.

“G’arb energetika alyansi” direktori Keytlin Sgamma Tramp davrida neft-gaz sanoatining oshig’i olchi bo’lganini aytadi.

“Prezisdent Tramp mahalliy neft-gaz sanoatini himoya qildi, AQShni energetika bo’yicha qudratli davlatga aylantirishga urindi”, - deydi u.

Ixtiloflarga qaramay, Sgamma Oq uyni egallagan har qanday shaxs bilan hamkorlikka tayyorligini aytadi.

“Prezidentligining birinchi muddatida iqlimga doir ko’plab choralarni qo’llagan Bayden ikkinchi muddatga saylansa, ortga chekinishi mumkin. Tramp Oq uyga qaytsa, ayrim tartib-qoidalar bekor qilinadi”, - deydi Sgamma.

Tahlilchilar nazdida, saylov natijalari AQShning iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda global liderlik maqomiga ta’sir ko’rsatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG