Breaking News

“Rosatom” Markaziy Osiyoni zabt etmoqchi


Qozog’istonda atom stansiyasiga qarshi ovozlar ham bor. Faollarga ishonilsa ular ko'pchilik, ammo bu ovozlar hukumat tomonidan atom stansiya zaruriyatiga doir yuritilgan tashviqotlar soyasida qolib ketgan.
Qozog’istonda atom stansiyasiga qarshi ovozlar ham bor. Faollarga ishonilsa ular ko'pchilik, ammo bu ovozlar hukumat tomonidan atom stansiya zaruriyatiga doir yuritilgan tashviqotlar soyasida qolib ketgan.

Ukraina poytaxti Kiyev markazida o’rnatilgan qozoq yurtasi Rossiya bosqiniga uchragan, qishda elektr taqchilligi, sovuqdan aziyat chekkan ukrain xalqiga yordam sifatida o’tgan yil o’rnatilgan.

Energetik siyosat, nafaqat Ukraina urushida, balki dunyodagi geosiyosiy jarayonlarda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.

6-oktabr kuni Qozog’istonda o`tgan referendumda aksariyat saylovchilar atom stansiyasi qurishni yoqlab ovoz berdi.

Qozog’iston markaziy saylov komissiyasi referendumda ishtirok etgan aholining 70 foizdan oshig’i atom stansiyasi qurilishini yoqlab ovoz berishganini ma’lum qildi.

Qozog’istonda atom stansiyasiga qarshi ovozlar ham bor. Faollarga ishonilsa ular ko'pchilik, ammo bu ovozlar hukumat tomonidan atom stansiya zaruriyatiga doir yuritilgan tashviqotlar soyasida qolib ketgan.

Ekspertlarga ko`ra, bugun atom stansiyasiga doir asosiy tahdid nafaqat atom, texnologik halokatlar ehtimoli, balki geosiyosiy vaziyatga ham taqalmoqda, buni eng yirik atom stansiyasi Rossiya tomonidan ishg’ol qilingan Ukraina atom stansiyalari misolida ham ko`rish mumkin.

Qozog'iston "Rosatom" uchun eshikni ochadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Ayni paytda Yevropadagi eng yirik atom stansiyasi maqomida bo’lgan Zaporojie atom stansiyasi Rossiya tasarrufida. Ukraina tomoni Rossiya bu stansiyadan yadro tahdidini kuchaytirishda foydalanayotganini ta’kidlab keladi.

Agar Ukrainadagi atom stansiyalarini deyarli hammasi Rossiya tomonidan qurilgani, yaqingacha ularning texnik xizmati, ta’minoti Rossiya tomonidan amalga oshirib kelingani, bu aloqalarni uzish, “Rosatom” o`rniga yangi hamkorlar topish Ukraina uchun oson bo`lmagani inobatga olinsa, atom stansiyasini qurayotgan mamlakat turli xavf xatarlar, jumladan siyosiy vaziyatni ham e’tibordan soqit qilmaslikka majburligi ko`rinadi.

O´zbekiston kichik atom stansiyalari qurishda Rossiya bilan hamkorlikka bordi, bu masala Qozog’istondagi kabi referendum darajasiga olib chiqilgani ham yo`q. To´qayev masalani referendumga olib chiqishni ma´qul ko`rdi, ammo qurilishi aholi tomonidan yo‘qlangan atom stansiyasini kim qurishi hozircha noma’lum.

Qozoq faollari o`rtasidagi bu boradagi munozaralarga qaralsa, Qozog’istonda atom stansiyasini kim qurishi allaqachon To´qayev va Putin o`rtasidagi muzokaralarda hal qilingan, “Rosatom” asosiy da’vogar.

Agar shunday bo`lsa, bu Rossiyaning Markaziy Osiyo energetikasidagi o`rnini yana bir bosqichga ko`taruvchi, “Rosatom” uchun Markaziy Osiyo eshiklarini ochuvchi yirik loyiha, ishtirok bo’ladi.

Ma’lumotlarga ko`ra, Qozog’istonda atom stansiyasi qurilishi uchun o`tkaziladigan tenderda AQSh ham ishtirok etish niyatini bildirgan, hozirgacha bu boradagi da’vogarlar qatorida Rossiya, Xitoy, Koreya va Fransiya kompaniyalari ko`rilayotgan edi.

Ukrainai urushi atom stansiyasi uchun asosiy xatarlardan biri siyosiy ekanligini ko`rsatdi. Siyosiy xatarlar texnogen falokatlardan farqli ehtiyot choralari, muzokaralarni chetlamaydi.

Kiyevda tiklangan, an’anaviy elektr ta`minoti ishdan chiqqanda aholi uchun muqobil issiqlik manbaiga aylangan mana bu yurtalarni ham siyosiy ziddiyat chetlab o`tmagan.

Kiyevda yurtalar tiklanishi ortidan Rossiya Qozog’istonning Ukrainaga ko`rsatgan hamdardligidan norozilik izhor qilgan, Ostona Moskva e’tirozlariga hukumatning bu tashabbusga aloqasi yo’qligi, yurta qozoq faollari tomonidan tiklanganini aytish bilan javob bergan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG