Breaking News

Yevropa millatchilari g'alabasida Rossiyaning hissasi qanday?


Yevropa millatchilari g’alabasida Rossiyaning hissasi qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00

Rossiya Finlyandiya, Polsha va Latviya kabi davlatlarda siyosiy ziddiyatni kuchaytirish, noqonuniy muhojirlarni Yevropaga oʻtkazish orqali migratsiyani “bosim quroli”ga aylantirishda ayblanmoqda.

Latviyadagi kuzatuvchilar Rossiyaning bu taktikasi oʻngchi partiyalarning joriy yilda Yevropa saylovlarida gʻalaba qozonishiga olib kelganini qayd etishadi.

Latviya poytaxti Rigada ham, Litva va Polshada kuzatilayotgani kabi, mamlakatda bo'linishlar kuchayib borayotganiga ishonishadi.

Ekspertlarning aytishicha, bu qisman Rossiya va uning ittifoqchisi Belarus migratsiyani “bosim quroli”ga aylantirgani bilan bog'liq.

"Rossiya va Belarus bevosita minglab iroqlik, suriyaliklarni moliyaviy qo’llab, samolyotlarda olib kelishdi. Ularni Minskda to’plashdi, keyin avtobuslar bilan Polsha, Litva va Latviya yaqiniga olib kelishdi va chegaralardan o'tkazib yuborishdi", - deydi Latviya mudofaa vaziri sobiq o'rinbosari Veiko Spolitis.

Polsha-Belarus chegarasi
Polsha-Belarus chegarasi

Muhojirlar 2021-yilda chegaralar orqali oqib kela boshladi. Spolitisning aytishicha, Rossiya va Belarusning maqsadi aniq edi:

"Latviyadagi turli populistik partiyalarni hokimiyatga olib kelish uchun siyosiy muhokamalar qo’zg’ash".

Ainars Slesers Latviyada, Spolitis ta’kidlayotgan shunday siyosiy kuchlardan biri, “Latviya birlamchi”ni partiyasini boshqaradi. U o’z partiyasini 2021-yilda COVID-19 dan emlanishga qarshi norozilik sifatida tuzgan.

Taniqli biznesmen, siyosatchi, Riga sohilida yangi mehmonxonalar qurish loyihasi ustida ishlayapti. U iqtisod, migratsiya bo'yicha keskin pozitsiyada.

"Uchinchi dunyo davlatlaridan odamlarni olib kelishning hojati yo‘q, bu jinoyatni ko’paytiradi, mamlakatda muammolar yaratadi. Biz Yevropada nimalar bo‘layotganini juda ko‘p joylarda ko‘rib turibmiz. Men bu davlatlarni aytishni istamayman, ammo bilasiz, muhojir to'dalar jinoyatchilik darajasini oshiradi. Bu juda xavfli”, - deydi u.

Ammo migratsiya va jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik bunchalik oddiy emas, deydi masalani o‘rgangan tahlilchi Martin Lange.

“Muhojirlarning, qaysi davlatda boʻlishidan qatʼi nazar, jinoyatchilik ko’paytirishi aniq emas. Agar ularga ishlash ruxsati berilmasa, yashash sharoiti yomon bo‘lsa, jinoyatni kuchaytirishi mumkin”, - deydi u.

Ba'zi tahlilchilar fikricha, migratsiyani “qurolga aylantrish” - Rossiyaning G'arbga qarshi "gibrid urushi"ning bir qismi. Moskvaning maqsadi Yevropa Ittifoqidagi liberal siyosiy kuchlarga qarshi kurashish, o'ta o'ng millatchilarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Boshqa ekspertlarga ko’ra, Yevropada populist va o’ta o’nchi partiyalar kuchayishiga saylovchilardagi qo’rquv sabab degan qarashlar biroz bo’rttirilgan. Aksincha, boshqa omillar, xususan tashqi siyosat muhim o’rin tutishi mumkin.

"Migratsiyani qurolga aylantirish tashqi siyosiy bosim sifatida ishlaydimi? Ha. Siyosatchilar bunday bosim ularga salbiy ta’sir ko`rsatishiga ishonishadimi? Ha. Bu boradagi umumiy tahlillar ularning haqligini ko’rsatadimi? Yo’q, bu aniq emas", - deydi Massachusets instituti xalqaro tadqiqotlar markazi dotsenti Kelly Grinhill.

Iyun oyida Yevroparlament uchun o`tgan saylovlarda Fransiya, Italiya, Germaniyada o’ngchi partiyalar g’alaba qozondi. Ular qatorida Latviyadan “Latviya birlamchi” partiyasi ham bor.

Bu yil Polsha migratsiyani siyosiy bosimga aylantirayotgan Belarusni jiddiy tanqidga tutdi. Rossiya bilan 1300 kilometrlik umumiy chegaraga ega Finlandiyada esa bunga qarshi kurashish uchun maxsus qonun qabul qilindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG