"Vashington Post" gazetasiga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Afg'oniston janubida joylashgan Qandahor viloyatidagi harbiy aerodromni kengaytirish maqsadida 100 million dollar ajratmoqchi. Yangilangan aerodrom Iroqdagi AQSh g'alabalariga katta hissa qo'shgan va bir vaqtlar maxfiy hisoblangan maxsus armiya bo'linmalariga tegishli samolyotlarni qabul qilishga moslashtiradi.
Pentagon so'zlovchisi Jeff Morellning aytishicha, ushbu maxsus bo'linmaning asosiy vazifasi Afg'oniston bo'ylab qurilgan katta yo'lni jangarilardan himoya qilishda yordam berish bo'ladi.
"Halqa yo'li" deb nomlanuvchi 3,500 kilometrlik magistralni qayta qurish ishlari yakunlanmoqda. Trassa mamlakatning muhim shaharlarini bir-biriga bog'lab, savdo va transportni rivojlantiradi, ma'muriy boshqaruvni osonlashtiradi.
Gazetaga ko'ra, Qandahorda joylashadigan AQShning maxsus qismlari "Halqa yo'li"ni Pokiston chegarasidan boshlab himoya qiladi. Afg'onistonning dengizga chiqish yo'li bo'lmagani bois, avtomobil yo'llari AQSh armiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Ular orqali oziq-ovqat, harbiy aslaha va anjomlar o'tadi. Yuk Pokiston dengiz portidan mashinaga ortilib, shu maqsadda yollangan xususiy xavfsizlik kuchlari nazorati ostida manzilga yetkaziladi.
AQShning Afg'onistondagi qo'shinlari sonining oshishi kutilar ekan, yuklarni Shimoliy Yevropa va AQShning o'zidan Afg'onistonga yetkazish yanada qiyinlashishi ta'kidlanmoqda, deb yozadi "Vashington Post" gazetasi.
AQShda chiqadigan yana bir gazeta "Vashington Tayms"ga ko'ra, Afg'oniston rahbariyatining AQShda prezident etib saylangan Barak Obamadan umidi katta.
Afg'onistonning AQShdagi elchisi Said Javodning gazetaga aytishicha, Obama saylov kampaniyasi davomida Afg'onistondagi muammolar va AQSh oldidagi vazifalar haqida ochiq va samimiy gapirgan. Obama prezident etib saylansa, Afg'onistonda qo'shinlari sonini oshirishi haqida gapirgan edi, chunki uning nazarida terrorga qarshi global urushning asosiy fronti Iroq emas, balki Afg'onistondir.
"2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyingi strategik xatomiz shu bo'ldiki, Iroqqa chalg'ib, Afg'onistondagi ishni chala qoldirganmiz," degan edi Obama saylov kampaniyasi davrida.
Afg'oniston elchisiga ko'ra, Obama terrorga qarshi urushda nafaqat harbiy yo'l bilan, balki siyosiy va iqtisodiy choralarni ham muvofiqlashgan holda qo'llab g'alaba qozonish mumkinligini yaxshi tushunadi.
Said Javodning umid qilishicha, vitse-prezidentlikka saylangan Jozef Bayden boy tashqi siyosiy tajribasidan keng foydalanadi. Ma'lumki, Bayden Senat Tashqi aloqalar qo'mitasining raisi.