Bugun ayol va erkak huquqi tengmi? Ushbu murakkab savolga javob izlashdan oldin, deydi mutaxassislar, bu ikki jins vakillari har bir jamiyatda qanday rol o'ynayotgani haqida o'ylab ko'rish kerak.
Gap shundaki bugun ishchi-mehnatkashlarning aksariyati xotin-qizlar. Global iqtisodiy inqiroz davrida maoshsiz qolayotganlar asosan erkaklar.
Ko'plab mamlakatlarda ayollar uchun bilim olish va ishlash imkoniyatlari cheklangan bo’lsa-da, oilani aynan ular tebratmoqda. Qozon aynan ular mehnati bilan qaynamoqda. Amerikada ham bugun shunga guvoh bo'lasiz.
AQShda ishsizlik darajasi oshib borarkan, bir holat ko’zga tashlanadi: ishdan ayrilayotganlarning ko’pi erkaklar.
Inqiroz avj olar ekan, o’tgan oylarda korxonasi yopilgan yoki bankrotga uchragan ishchilarning aksariyati erkaklar. Chunki krizis bilan yuzlashgan zavodlar, og’ir sanoat va qurilish sohasida aynan ular ko’pchilikni tashkil etadi.
Xotin-qizlar esa inqiroz ta’siridan nisbatan uzoq sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarida mehnat qiladi.
Moliyaviy maslahatchi Sheril Kazon “Hozir Amerikada tez rivojlanayotgan soha bu tibbiyot. Mamlakatimizda hamshiralar yetishmaydi”, - deydi.
Yuk mashinasi haydovchisi Jonni Kornell, mana ikki oydirki, ishsiz. Firmasi yopilgan va u kabilarga endi talab yo’q.
“Kuni bilan ish qidiraman. Nimaiki bo’lsa tayyorman. Lekin taklif yo’q. Yaxshiyam xotinim ishlaydi”,- deydi u.
To’rt a’zoli oila uning o’rtacha oyligi bilan yashamoqda. “Idorada ishlayman. Men xo’jayinman bu oilada demayman, lekin pulni kim topsa, buyruqni o’sha odam beradi”,- deydi rafiqasi Veronika.
Bu ko’pchilik erkaklar uchun achchiq haqiqat.
“Men endi xuddi uy bekasiman… Uyning esa ishi ko’p ekan, buning ustiga bolalar…”,- deydi Jonni Karnell.
Moliya va
bank sohasini erkaklar tebratgani uchun ham bugungi inqiroz bu jins vakillarini
tirikchilikdan ayirmoqda. Shu tariqa ularning oilalari ham mushkul ahvolda.
Amerikada kasb-hunarini yangilayotgan odamlar ko’p. Talab va imkoniyatga qarab
ish tutishmoqda.