Breaking News

Amerika mablag'ni asosan iqtisod va xavfsizlikka sarflaydi


Barak Obama Qo’shma Shtatlarning kelasi yilgi byudjet loyihasini taqdim etar ekan, hujjat jamoatchilik orasida qizg’in muhokamada.

“Mablag’ni asosan iqtisodiyot va xavfsizlikni mustahkamlashga sarflaymiz”,- deydi prezident.

3,8 trillion dollarlik byudjetning 20 foizga yaqini, 708 milliard dollar mudofaa uchun ko’zlangan. Amerika tarixda o’z xavfsizligini himoya qilish uchun bu qadar ko’p pul ajratmagan.

Iroq va Afg’onistondagi harbiy harakatlar endi kichik hajmdagi mojarolar sifatida qaralmoqda, ammo hukumat uchun qurolli kuchlarni eng ilg’or va zarur vositalar bilan ta’minlash oliy vazifa bo’lib qolmoqda.

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts “Global tinchlikni saqlash va qaynoq nuqtalarda vaziyatni nazorat ostiga olish bugun amaldagi strategiyalarni qayta ko’rib chiqishni, zamonga moslashishni talab qiladi”, deydi.

Oq Uy Pentagon Davlat departamenti bilan hamkorlikda ishlashini talab qilmoqda. Tinchlikni saqlash - diplomatiyani kuchaytirish, mojarolarga muzokaralar orqali nuqta qo’yish, turli davlatlar bilan aloqalarni o’zaro manfaatlardan kelib chiqqan holda olib borishni taqozo etmoqda.

“AQSh urushlarning oldini olish tarafdori. Vaziyat taranglashganda armiyani shaylash emas, tortishayotgan tomonlarni bir davraga olib kelish haqida o’ylash kerak”,- deydi Geyts.

Vashington nazarida Markaziy Osiyo dunyoning qaynoq qismlaridan biri. Nafaqat Afg’onistonga yaqinligi sabab, balki bu mintaqada xalq va hukumatlarning bir-biridan juda yiroq ekani va repressiv siyosatlar hukmron ekanligi. Amerika regionda iqtisodiy taraqqiyotda ko’maklashish, islohot va demokratiya targ’ibotiga e’tibor bermoqchi. “Bu harakatlarni davlatlar bilan fikr almashgan va kelishgan, omma fikrini inobatga olgan holda amalga oshiramiz, deydi rasmiylar.

XS
SM
MD
LG