Breaking News

Bosniyalik serblar umidi puchga chiqishi mumkin


Nogironlik bilan tinmay kurashayotgan serblar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Nogironlik bilan tinmay kurashayotgan serblar

Sport nogiron bo’lib qolgan bosniyalik serb faxriylariga nafaqat salomatligini tiklashda, shuningdek, sekin-asta yarashuv jarayoniga ham yordam bermoqda. Biroq serblar qo’lidan vahshiyona jabr ko’rgan bosniyalik musulmonlar murosa uchun sportning o’zi yetarli emas, deydi.

Bosniya askarlari umidi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Bu bosniyalik serblar 1992-1995-yillardagi Bosniya urushi faxriylari. Bosniya mojarosi Ikkinchi jahon urushidan so’ng Yevropadagi eng qonli urush bo’lgan. Veteranlarning aytishicha, sport ularning hayotiga yangi mazmun bag’ishlamoqda.

“Oyog’ingizni yo’qotib protez o’rnatilgandan keyin boshqa xil terapiyaga hojat yo’q”, - deydi Ratko Dochinovich.

Mashg’ulotlarda serb faxriylari xorvatlar jamoasi yoki bosniya musulmonlaridan iborat jamoa bilan ham o’ynaydi. Ba’zan urushni eslashadi.

“O’yin tugagandan so’ng o’sha davr haqida gaplashamiz, kulishamiz. Nima bo’lganiga biz aybdor emasmiz. Asosan reabilitatsiya, ortopediya, protezlar, qanday qilib hayotimizni yengillashtirishi haqida suhbatlashamiz”, - deydi Dragan Duran.

Serblar orasida reabilitatsiyani boshqacha talqin qilayotganlar ham bor.

Yaqinda serb millatchilar Gaaga sudi tomonidan harbiy jinoyatlarda aybdor topilgan qo’mondon Ratko Mladichga yodgorlik o’rnatdi. 1995-yilda Mladich Srebrenitsa shahrida 8000 bosniyalik musulmon erkakni o’ldirishga buyruq bergan va sudda genotsidda ayblangan.

Bosniya poytaxti Sarayevoda musulmon siyosatchilar deydiki, serblar hali urushda qilgan jinoyatlarini tan olgani yo’q.

O’shanda olib borilgan etnik qirg’in kampaniyasida 20 mingga yaqin ayollar zo’rlangan, ikki million odam uy-joyini tashlab ketgan.

“Genotsid mafkurasidagi rasmiylar va ularning tarafdorlari jinoyat ro’y berganini rad etishmaydi, aksincha ulug’lashadi”, - deydi Bosniya prezidenti Sefik Dzaferevich.

Bosniyalik serblarning yangi avlodi ultra-millatchilikka berilar ekan, huquq faollarini xavotir bosgan.

“O’sha mash’um urush, undagi harbiy jinoyatga qo’l urganlarning mafkurasini qo’llab-quvvatlayotganlar urushdan keyin tug’ilgan, tajovuzkor yosh avlod”, - deydi Inson huquqlari bo’yicha Xelsinki qo’mitasidan Aleksandra Letich.

Urushda qatnashgan bosniyalik serb faxriylari nogironlik bilan tinmay kurasharkan, sport chegara bilmaydi, din yoki millat tanlamaydi, deydi. Biroq sport o’yinlari tashkil qilish urush yaralarini davolash uchun yetarli emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG