Breaking News

Siyosatchilar va jinsiy bosim, AQShda saylovoldi mashmashalari


Respublikachi German Keyn sal oldin O'zbekistondek "kichkina va ahamiyatsiz davlatlar haqida bilishim shart emas" deb hatto o'z partiyasi ichida ham keskin norozilik uyg'otgan edi. Tashqi siyosat muhim masala, deydi respublikachilar.
Respublikachi German Keyn sal oldin O'zbekistondek "kichkina va ahamiyatsiz davlatlar haqida bilishim shart emas" deb hatto o'z partiyasi ichida ham keskin norozilik uyg'otgan edi. Tashqi siyosat muhim masala, deydi respublikachilar.

Amerikada prezidentlikka da’vogar hech narsadan istisno emas, shaxsiy hayotidan tortib, tarjimai holigacha.

Respublikachi German Keyn reytinglarda oldinda, lekin bugungacha to’rt ayol uni jinsiy bosimda ayblab chiqdi.

Ularning aytishicha, bu voqealar 1990-yillarda German Keyn Amerika Restoranlar Uyushmasini boshqarayotgan paytda yuz bergan.

Nomzod, bu tuhmat va uydirma deydi, lekin bu ayblovlar o’sha paytdayoq qayd etilganini tan oladi.

Sharon Bialek, German Keynni jinsiy bosimda ayblayotgan ayollardan biri
Sharon Bialek, German Keynni jinsiy bosimda ayblayotgan ayollardan biri

German Keyn tegajoqlikda ayblanayotgan birinchi amerikalik siyosatchi emas. Har saylovda ko’tariladigan masala.

1990-yillarda o’z pitsa kompaniyasini yuritgan, keyinroq restoranlar uyushmasiga prezidentlik qilgan Keyn “hazilkashman, meni noto’g’ri tushunishgan”, deydi.

1998-yilda AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton Oq Uyda praktikant qiz bilan don olishib, butun dunyoga sharmanda bo’lib, ishdan olinishiga sal qolgan edi. Yana bir necha ayol uni jinsiy bosimda ayblagan.

2006-yilda Florida shtatidan saylangan kongressmen Mark Foli qo’li ostida ishlagan yosh yigitlarga behayo maktublar yuborib qo’lga tushgach, lavozimidan ketishga majbur bo’lgan.

Amerikani 1992-2000 yillarda boshqargan Bill Klinton Oq Uyda yosh praktikant qiz bilan don olishgani uchun lavozimidan ketishiga sal qolgan
Amerikani 1992-2000 yillarda boshqargan Bill Klinton Oq Uyda yosh praktikant qiz bilan don olishgani uchun lavozimidan ketishiga sal qolgan

Ayollar huquq markazi xodimi Fotima Greyvs deydiki, saylovchi “menga ovoz bering” degan odam haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Shaxsiy va siyosiy.

Jinsiy bosim, ahloqsizlikdan ham o’tib ketadi, deydi u.

“Jinsiy bosim oqibatlari, ishxonadagi vaziyat, qanday choralar ko’rilgani, amaldorlar o’zini qanday tutishi – bular juda muhim va nozik masalalar. Hammaga birdek ta’sir qiladi. Afsuski, biz odatda jinsiy bosimni yuzaki muhokama qilamiz xolos. Bu oddiy muammo emas axir”,- deydi Greyvs xonim.

20 yil oldin AQSh Oliy Sudiga ko’rsatilgan arbob Klerens Tomas Kongressda uzoq so’roq qilingan. Sabab – uning qo’lida ishlagan Anit Xill nomzodni jinsiy bosimda ayblab chiqqan.

Hozirga kelib, Amerikada bunday harakatlarda aybdor deb topilgan odam og’irroq jazoga mahkum etiladi. Ish joylarida hamma maxsus kurslardan o’tishi shart.

Oliy Sud a'zosi Klerans Tomas ham jinsiy bosimda ayblangan
Oliy Sud a'zosi Klerans Tomas ham jinsiy bosimda ayblangan

Jinsiy bosimni mudhish jinoyat deb biladigan amerikaliklar Kongressdan qonunlarni yanada kuchaytirishni talab qilmoqda. Xotin-qizlar ko’p hollarda ishidan ayrilishdan qo’rqib, bosimga chidab yuraveradi, deydi Liza Maatz, Oliy ma'lumotli ayollar uyushmasi vakili.

"Hozir, ochig’ini aytadigan bo’lsak, ayollarimiz ishi borligiga shukur qiladi. Shunday ekan, jinsiy bosimga chidashga harakat qiladi. Og’iz ochmaydi. Jinsiy bosim – jinoyat, har yerda kuzatiladigan qonunbuzarlik”,- deydi Maatz xonim.

Oliy ma’lumotli ayollar uyushmasi deb nomlangan tashkilot yaqinda bu borada yangi hisobot chiqardi. Unga ko’ra, jinsiy bosim shu qadar keng tarqalgan odatki, uni epidemiya deb atash mumkin. Boshlang’ich maktabdayoq boshlanadi.

German Keyn “hech kimga jinsiy bosim o’tkazmaganman” deb o’zini himoya qilar ekan, axborot vositalari bunday ayblov bilan chiqqan ayollar aslida kim degan savolni o’rtaga tashlamoqda. Huquq himoyachilari nazarida bu noto’g’ri.

Bu ayollar kim bo’lishidan qat’iy nazar ularning huquqlari buzilmasligi kerak, deydi faollar, gap nafaqat ularning or-nomusi, balki ertaga prezident bo’laman deb bong urayotgan shaxslarning ahloqi haqida ketmoqda. Keyn esa ayblovlar uydirma ekanini vaqt ko’rsatadi, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG