Breaking News

Xitoy davlatlarni Ipak Yo'li loyihasiga jalb qilmoqda


Xitoy “Bir ko’prik, bir yo’l” nomli global iqtisodiy loyihani olg'a surmoqda. Oltmishdan ziyod davlatni savdo yo’llari orqali bog’laydigan yangi Ipak Yo’li. Xitoy rahbarlarining ta’kidlashicha, tashabbus xalqaro hamkorlik va hamjihatlikni targ’ib qiladi.

Ammo ayrimlar nazarida kommunistik o’lka aslida hukumat da’vo qilayotgandek biznes uchun ochiq emas.

Loyiha doirasida Osiyo, Afrika va Yevropa bo’ylab bandargohlar, temir yo’llar qurish rejalangan.

Pekindagi anjumanda so’zlagan Prezident Si Zinpinga ko’ra, ushbu global tashabbus unda qatnashadigan barcha mamlakatlar va kompaniyalar uchun koni foyda.

AQShning savdo masalalari bo’yicha sobiq vakili Charlin Barshevskiy bu gaplarga ishonmaydi.

“Xitoyda iqtisodiy islohotlar to’xtagan, shaffoflik yo’q. O’rniga merkantilizm, manfaatparastlikka asoslangan, xorijiy firmalar ishini qiyinlashtirishga qaratilgan siyosat olib borilmoqda”, - deydi u.

Aynan hozirgi biznes muhit sabab Xitoy investitsiya uchun asosiy manzil degan maqomini boy bergan. U yerda biznes qilish hamon daromadli, lekin sarmoya uchun qulay davlat emas. AQShning Xitoydagi Savdo palatasi o’tkazgan so’rov natijalari shuni ko’rsatgan.

“Ayrim kompaniyalar ishlab chiqarishni Osiyoning boshqa o’lkalariga, Shimoliy Amerikaga ko’chirish haqida o’ylayapti. Energiya arzonroq. Muhimi, qonunlar amalda bajarilishi kerak”, - deydi palata rahbari Vilyam Zarit.

Lekin ayrim iqtisodchilar fikricha, Xitoy ilgarigidek katta miqdorda tashqi sarmoya va texnologiyaga muhtoj emas. Shunga qaramasdan, agar tashqaridan sarmoya kamayaversa, bu albatta kelajakda o’sishning beliga tepadi.

“To’g’ri, Xitoy bugun global iqtisodiyotda ulkan o’rin egallaydi. Hech qanday tanazzul haqida gap ketmayapti. Ammo kelasi 10 yilda iqtisodiy o’sish sekinlashishi mumkin”, - deydi iqtisodchi Ted Moran.

Xitoy prezidenti yangi Ipak Yo’li hamma uchun birdek ochiq bo’ladi deb bong ursa-da, ko’plab davlatlar, shu jumladan Amerika kompaniyalari hozircha faqat tomoshabin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG