Breaking News

Yangi Kongress, yangi spiker, yangi va'dalar


Respublikachilar partiyasi hukmron Vakillar Palatasi spikeri endilikda Jon Beynerdir. So'nggi to'rt yildan beri bu lavozimni demokrat qonunchi Nensi Pelosi egallab kelayotgan edi.
Respublikachilar partiyasi hukmron Vakillar Palatasi spikeri endilikda Jon Beynerdir. So'nggi to'rt yildan beri bu lavozimni demokrat qonunchi Nensi Pelosi egallab kelayotgan edi.

AQShda yangi Kongress bugun birinchi bor majlis qildi. Yangi vakillar, shunikdek, qayta saylangan qonunchilar qasamyod keltirdi.

Respublikachilar partiyasi hukmron Vakillar Palatasi spikeri endilikda Jon Beynerdir. So'nggi to'rt yildan beri bu lavozimni demokrat qonunchi Nensi Pelosi egallab kelayotgan edi.

Birinchi kunda qonunchilarning farzandlari, nevaralari bilan to'lgan, kulgu yangragan bu binoda achchiq bahslar hali oldinda.

Senatda ham soni oshgan Respublikachilar partiyasi demokrat prezident Barak Obama olg’a surgan aksariyat tashabbuslarni bekor qilmoqchi.

Biroq yuqori palatada hamon ustunlik Demokratlar partiyasi qo'lida va ular bunga yo’l qo’ymoqchi emas. Bunday tarqoq Kongressdan biror loyihani o’tkazish mashaqqatli kechishi aniq.

Yangi qonunchilarga to’lgan Vakillar Palatasi kun tartibi ma’lum. Aavvalo prezident Barak Obama sog’liqni saqlash sohasida boshlagan islohotlarni to'xtatish, bu borada qabul qilingan qonunni yo’q qilish.

“Kongress xalqqa quloq tutishi, xarajatni kamaytirishi lozim. Obamaning ortiqcha sarfiyat talab qiluvchi tashabbuslariga o'rin yo'q”, - deydi respublikachilar.

Vakillar Palatasi islohotlarni o’z-o’zidan bekor qila olmaydi. Lekin bu loyihaga kerakli mablag’ni kesib, sekin-asta uni cheklashga qodir.

"Hukumat xalq hayotiga haddan tashqari ko’p aralashishni bas qilsin",- deydi senator Kelli Ayot. "Keraksiz, samarasiz dasturlarga pul sarflamoqdamiz".

Yana bir dolzarb masala iqtisodiyot. 1,3 trillion dollarlik byudjet kamomadi, 14 trillion dollarga teng ichki qarzni qanday kamaytirsh ustida muhokamalar ketmoqda.


Tahlilchi Norman Ornshtayn fikricha, Vashingtonda murosa nodir ne’matga aylanib bormoqda. Demokratlar va Respublikachilar o’rtasida tafovut g’oyat kengaygan.

"Bu Kongressdan ko’p umid qilmagan bo’lardim",- deydi u.

Demokrat qonunchilar respublikachilarga qarata deydki, saylov paytida bahslashish bir masala, amalda davlatni boshqarish butunlay boshqa masala.

Respublikachilar qonunchilik organida ko'pchilikni tashkil etgan paytlarda ko'p va'dalar bergan, ammo uddasidan chiqmagan, deydi demokratlar. Respublikachilar ham demokratlarga shunday tanqid toshlari otadi.

1980-yillarda respublikachi prezident Ronald Reygan soliqlarni kamaytirish, mudofaa xarajatini oshirishga muvaffaq bo’lgan. O’sha paytlarda Vakillar palatasida muxolif Demokratlar partiyasi hukmron edi.

1990-yillarda esa demokrat prezident Bill Klinton respublikachilar ustun Kongress bilan kelishib ishlay olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG