Breaking News

Yangi Ipak Yo'li targ'iboti davom etmoqda


صومالیہ کے دارالحکومت میں دو طاقتور بم دھماکوں اور فائرنگ میں کم از کم 10 افراد ہلاک اور 30 زخمی ہو گئے۔
صومالیہ کے دارالحکومت میں دو طاقتور بم دھماکوں اور فائرنگ میں کم از کم 10 افراد ہلاک اور 30 زخمی ہو گئے۔

Yangi Ipak Yo’li tashabbusining asosiy maqsadi - dunyoning iqtisodiy jihatdan eng tarqoq mintaqalaridan biri bo’lmish Markaziy Osiyoda chegara osha tijoratni taraqqiy ettirish.

O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston hamda Hindiston, Pokiston va Afg’oniston orasida savdoni oshirish. Mintaqa rasmiylari so’zlariga ko’ra, jiddiy to’siq va kelishmovchiliklar bor, biroq intilsa arziydi.

Tashabbusni bir necha yillardan beri olg’a surib kelayotgan Amerika diplomatlari esa siyosiy iroda va kuchli xohish bo’lsa, Yangi Ipak Yo’lini albatta barpo etish mumkin deydi. Qolaversa, deya qo’shadi ular, bu allaqachon boshlanib ketgan.

Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi o’zining yillik sessiyasiga yig’ilar ekan, tumonat odam. Ular orasida Markaziy Osiyo va qo’shni davlatlardan rahbarlar, tashqi ishlar vazirlari va diplomatlarni ko’rasiz.

Osiyo Jamiyati nomli tahlil markazi fursatdan foydalanib, ularni davra suhbatiga taklif qildi. (Asia Society - VIDEO)

G’oya aslida AQSh Davlat departamentiniki. Mintaqaning besh davlatidan uchtasi o’z vakilini yubordi: Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston. O’zbekiston va Turkmanistondan hech kim yo’q. Pokistondan ham kelishdi. Afg’oniston va Hindistondan esa biror rasmiy ko’rinmadi.

Avvalo Davlat kotibi o'rinbosari Vilyam Byorns so’zga chiqdi va Yangi Ipak Yo’li tashabbusi konkret maqsadlarni ko’zlaydi deya ishontirishga urindi.

“Markaziy Osiyoni qadimda bo’lgani kabi mahsulotlar, g’oyalar va madaniyatlar uchrashadigan mintaqaga aylantirish uchun bir yoqadan bosh chiqaradigan vaqt keldi”,- deydi Byorns.

To’g’ri, Afg’onistondagi beqaror vaziyat atrofdagilarni xavotirga soladi; tinchlik bo’lmasa, qanday hamkorlik qilish mumkin deya ajablanishadi, deydi rasmiy. Biroq Afg’onistondagi ahvol yaxshilanishida qo’shnilarning roli muhim. Ularning yordami va hamkorligi zarur, deydi Byorns.

Afg’onistonda iqtisodiy muhit yaxshilangani sari ekstremizm mafkurasi ham susaya boshlaydi, deydi u. Tijorat xalq uchun imkoniyatlar, ish o’rinlari yaratadi. Afg’oniston orqali esa Markaziy Osiyo dengiz yo’llariga chiqishi, o’z imkoniyatlarini oshirishi mumkin. O’zaro savdo kengayishi hamma uchun yangi ish joylari va biznes imkoniyatlari baxsh etadi.

Byornsning qayd etishicha, Amerika bu borada to’rt sohada serqirra yordamga shay:

“Birinchisi – mintaqaviy energetika bozorini yaratish. Ikkinchisi – savdo va transportni taraqqiy ettirish. Uchinchisi - bojxonalarni isloh qilish va chegaradan o’tish jarayonini osonlashtirish. To’rtinchisi – jamiyatlarni bir-biriga bog’lash, turli soha egalarini bir-biriga tanishtirish, o’z bilim va tajribasini almashishda yordamlashish”.

MARKAZIY OSIYO NIMA DEYDI?

Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Erlan Idrissov deydiki, uning mamlakati bu tashabbusni boshidan quvvatlagan va o’z rejasini ham tuzib chiqqan.

“Qozog’iston dengizga yo’li yopiq eng katta mamlakat. Tarixan biz Buyuk Ipak Yo’lining ajralmas qismi bo’lganmiz. Uni tiklay olishimizga ishonamiz”, - deydi vazir.

Savdo yo’llarini kengaytirish, tijoratni oshirish, qo’shnilar va yaqin davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish birlamchi vazifalardan, deydi Idrissov.

Erlan Idrissov, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri
Erlan Idrissov, Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri

Qozog’iston hamkorlikka tayyor va Jahon Banki hamda Osiyo Taraqqiyot Banki boshlagan loyihalarda ishtirok etmoqda. Til topishish oson emas, lekin harakat qilaverish kerak, deydi Idrissov, mintaqadagi ziddiyatlarga ishora qilib.

Qirg’izistonning Vashingtondagi elchisi Muxtor Jumaliyev mamlakati tabiiy jihatdan boy ekanini eslatib, potensial yuqori, deydi.

Muxtor Jumaliyev, Qirg'izistonning AQShdagi elchisi
Muxtor Jumaliyev, Qirg'izistonning AQShdagi elchisi

Suv zaxiralari bilan tanilgan Qirg’iziston energetik bozor yaratish g’oyasini yoqlaydi va Osiyo Taraqqiyot Bankining CASA-1000 degan proyektining bir qismi. Loyiha Markaziy Osiyodagi ortiqcha quvvatni Janubiy Osiyoga uzatadi.

Lekin Tojikistonda qishda tok taqchil. Mana shu muammoni hal etish Dushanbe uchun eng dolzarb masala, deydi Vashingtondagi elchi Farhod Salim.

Tojikiston energetika sanoatini oyoqqa turg’izishi uchun xorijdan ko’proq yordam so’ramoqda.

Farhod Salim, Tojikistonning AQShdagi elchisi
Farhod Salim, Tojikistonning AQShdagi elchisi

AQShdagi elchi deydiki, qo’shnilar bilan ziddiyatli muammolar bor va ularni hal qilmay turib oldinga siljish juda qiyin. Amerika puli bilan qurilgan katta ko’prik orqali Afg’oniston bilan savdo yaxshi yo’lga qo’yilgan. Orada yana to’rt ko’prik bor.

Bugun Tojikiston mintaqada Afg’oniston bilan ko’proq tijorat qiladi, deydi diplomat. Tomonlar yanada yaqindan ishlashni xohlaydi, shuningdek, Tojikiston Janubiy Osiyoning boshqa o’lkalari bilan rishtalarni mustahkamlashda davom etadi.

Vilyam Byorns, AQSh Davlat kotibi o'rinbosari
Vilyam Byorns, AQSh Davlat kotibi o'rinbosari

Bir qarashda shuncha yildan beri targ’ib qilinayotgan “mintaqaviy birdamlik” tushunchasi hamon faqat quruq gapdek tuyuladi. Lekin targ’ibotchilar, Amerika diplomatlari, ijobiy o’zgarishlar bor deya umidga to’la.

Davlat kotibining mintaqa bo’yicha muovini Nisha Bisvol ishonch bilan bildiradiki, hozir Markaziy Osiyoning har bir poytaxtida bu masala ustida bosh qotirayotganlar bor.

Vashington mintaqa rahbarlari o’zidan kutilgan vazifani bajaradi degan umidda. Chunki, deydi rasmiylar, bu davlatlar Yangi Ipak Yo’lidan faqat foyda ko’rishini yaxshi tushunadi. Uni barpo etadigan ham aslida ular, Amerika emas. Vashington quvvatlaydi xolos.

Quvvatlash deganda AQSh bevosita moliyaviy yordam emas, balki yirik kompaniyalarni mintaqada ishlashga va sarmoya kiritishga undash, donorlarni muayyan loyihalarga pul ajratishga ko’ndirishni nazarda tutadi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG