Breaking News

Markaziy Osiyoni birdamlikka yetaklash uchun yangi loyihalar


Mintaqaviy birdamlik azaldan murakkab masala
Mintaqaviy birdamlik azaldan murakkab masala

TUTAP – Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston bosh qo’shgan ta’minot tizimi ichki talabni qondiradi va ortiqcha mahsulotni qo’shnilarga uzatadi, deydi ekspertlar.

Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga bog’lovchi bir necha yangi loyihalar boshlagan, mavjud proyektlarni kengaytirmoqda va AQSh quvvatlovi bilan mintaqani yangi bir davrga yetaklamoqda. Osiyo taraqqiyot banki bosh mutaxassislaridan biri Jim Liston Vashingtonda Strategik va xalqaro izlanishlar markazida (CSIS - video ) so’zlab, shuni ta'kidladi.

Markaziy Osiyoni birdamlikka undovchi yangi loyihalar - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:09 0:00
Yuklab oling

Markaziy Osiyo, energetik jihatdan boy mintaqada, biror davlat quvvatga zor bo’lmasligi kerak; nafaqat o’z talabini qondira oladi balki qo’shni Afg’oniston va Pokistondek muhtoj mamlakatlarni ham ta’minlab, ulkan daromad qiladi, deydi Liston.

Resurslar va sharoit bilan tanish boshqa ekspertlar uning fikri va qarashlariga qo’shiladi, lekin ko’pchilikni qiynaydigan savol shuki, nima uchun mintaqa davlatlari mustaqillikka erishganidan deyarli chorak asr o’tib ham buni yo’lga qo’ya olmayapti?

Tojikiston qishda elektr tokiga zor, yozda esa ortiqcha quvvatga ega. O’zbekistonda qishda tabiiy gaz bosimi pasayib, millionlab xonadonlar issiqlikdan quruq qoladi. Qirg’izistonda ham energiya ta’minoti doimiy muammo. O’zbekiston ayblanadi, lekin ta’minot tizimlari ham eskirib, ishdan chiqayozgan. Uch mamlakat gaz va tok yetishmasligida bir-birini ayblashdan to’xtamaydi. Kelishuvlar qisqa muddatli va tomonlar nima berayotgan bo’lsa, uni istagan paytda to’xtatib qo’yadi.

Sovet davrida xususan elektr ta’minoti yaxshi yo’lga qo’yilgan edi, deydi mutaxassislar, respublikalar zarur mahsulotni bir-biriga uzluksiz uzatib kelgan. Hozirda esa hamma o’z mustaqil siyosatiga ega ekanini ro’kach qiladi, lekin mintaqaviy birdamliksiz barqarorlik bo’lmaydi, deydi Jim Liston.

Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki regionda uzoq yillar ishlab, bugun shunday xulosaga kelgan: tomonlar bir-birini qanchalik xushlasin-xushlamasin, bu borada hamkorlik qilishga majbur. Ularni bir yoqadan bosh chiqarishga undovchi loyihalar kerak.

TUTAP bir necha yo’nalishlarni o’z ichiga olgan shunday yirik proyekt deya tanishtirilmoqda.

Liston va Jahon banki vakili Juliya Baknalning tushuntirishicha, TUTAP – Turkmaniston, O’zbekiston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston bosh qo’shgan ta’minot tizimi bo’lib, u orqali Markaziy Osiyoning uch davlati o’zini va qo’shnilarni elektr toki bilan ta’minlay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Infratuzilma tubdan yangilanadi, deydi ekspertlar. Ayni damda Afg’oniston chetdan olayotgan tokning 57 foizi O’zbekiston hissasiga to’g’ri keladi.

Markaziy va Janubiy Osiyo bo’yicha yana bir energetik loyiha CASA-1000 deb ataladi va bir necha yil oldin ish boshlagan. Unda Qirg’iziston, Tojikiston, Afg’oniston va Pokiston ishtirok etmoqda.

Bu loyihalarga Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki qariyb 1 milliard dollar sarmoya kiritmoqda.

Tashabbuslarni olqishlayotgan Qo’shma Shtatlar davlatlarni hamkorlikka ko’ndirishda asosiy diplomat vazifasini o’tashga tayyor va bu jarayon allaqachon boshlanib ketgan, deydi Fotima Sumar, Markaziy va Janubiy Osiyodagi mintaqaviy masalalarga mas’ul rasmiy.

Davlat avvalo o’z talabini qondira olishi kerak, deydi Sumar, shundan keyin ortiqcha mahsulotni sotish haqida o’ylash mumkin. 2-3 yil oldin ham tomonlar energetik masalalarda ochiq gapirmay kelayotgan edi, bugun muloqot jadallashgan, deydi AQSh diplomati.

Tojikiston hamon yirik gidro-elektrik stansiya qurish niyatida. Jahon banki bu borada o’z pozitsiyasini yaqin kelajakda ayon etishi kutilmoqda, lekin tashkilot vakillari “bizdan ko’p narsa kutmang” deydi. Ya’ni, hisobot Rog’unga qarshi O’zbekiston xavotiriga barham bermaydi va Tojikistonni ham ahdidan qaytara olmaydi.

Amerika esa bu masalada betaraf. Rasmiylar har bir davlat “nimadan tashvishda ekanini tushunamiz”, deydi. Donor banklar nazarida ham CASA va TATUP singari loyihalar Rog’un bo’yicha kelishmovchilikni hal etmasa kerak.

Yaqinda mintaqada bo’lib, rahbarlar bilan gaplashgan amerikalik olim Andryu Kachins, Strategik va xalqaro izlanishlar markazi ilmiy xodimi deydiki, so’nggi yillarda mintaqaviy integratsiyaga e’tibor oshgan, amaliy harakatlar sezilmoqda, tijorat va energiya sohasida davlatlar ildamroq qadam tashlashga tayyordek.

CAREC – Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi deb nomlangan loyiha tanishtirilganiga ham bir necha yillar bo’ldi. Lekin, deya tan oladi mutaxassislar, savdo va qatnov hamon jadal emas.

Oddiy misol, Toshkent va Ashgabatdek ikki poytaxt orasida bevosita reyslar yo’q. Odamlar qo’shni davlatlarga bemalol kirib chiqa olmaydi. Orada ishonch va hurmat juda past. Hukumatlar avvalo o’z siyosiy irodasi nimaga qodir ekanini ko’rsata olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG