Breaking News

"Boyqush" - tabiiy ofat paytida ishlab turadigan aloqa tizimi


"Boyqush" - favqulodda aloqa tizimi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Tabiiy ofat yuz berganda infrastrukturaning birinchi zarar ko’radigan qismi - aloqa tarmoqlari. Buning oqibatida qutqaruv ishlari qiyinlashadi, vaqtida xabarlasha olmaslik insonlar hayotiga zomin bo’lishi mumkin. “IBM” kompaniyasi va bir guruh tadbirkorlar muammoga yechim topganday.

2017-yilda Mariya to’foni Puerto-Rikoni vayron qilgan. Tiklanish ishlari haliyam tugagani yo’q.

To’fon elektr va aloqa tarmog’ini ishdan chiqargani bois ko’pchilik hatto yordam so’ray olmagan.

Brayan Naus va uning do’stlari yechim bilan chiqdi.

“Gap faqat aloqa tarmoqlarini tiklashda emas. Bu ish hozir olib borilyapti. Asosiy muammo shuki, tabiiy ofat yuz berganda aloqani yo’qotish vaziyatni chigallashtiradi, katta xarajatlarga, qolaversa, talafotlar oshishiga olib keladi”, - deydi loyiha rahbari Brayan Naus.

Uning “Boyqush” deya nomlangan loyihasi “IBM” kompaniyasi tanlovida go’lib bo’ldi. Jamoa taklif etayotgan yechim Puerto-Rikoda sekin-asta tatbiq etilmoqda.

“Bu kichik apparatlar uydagi routerlar kabi Wi-Fi to’lqinlarini uzatadi. Va uyda bo’lgani kabi siz bu qurilmaga telefon, noutbuk yoki boshqa elektron jihozlar bilan ulana olasiz”, - deydi Brayan Naus.

G’oyani sinab ko’rish uchun orol bo’ylab har 200 metr atrofidagi daraxt va simyog’ochlarga “Boyqush” apparatlari o’rnatildi. Aloqa uzilsa ham, endi orolning har nuqtasida Wi-Fi ishlashi kerak.

“Maqsad ofat paytida vaziyatdan xabardor bo’lish. Masalan, 5-kategoriyali to’fon kelganda yetarli yoki to’g’ri ma’lumot bo’lmaydi. Bizning qurilmaga ma’lumotni qutqaruvchilar, hukumat rasmiylari, voqea joyidan odamlar kiritadi. Voqea haqida anchagina ma’lumot to’planib, aholiga aniq qilib beriladi”, - deydi Brayan Naus.

Telefon yoki kompyuter bo’lsa, Wi-Fi orqali yordam so’ray olasiz.

Qutqaruvchilar qayerda ishlayotgani, yordam qayerga yetkazilayotganini ham bilish mumkin.

Wi-Fi qurilmalari batareykasi bir haftagacha yetishi mumkin. Quyosh batareyalari o’rnatilsa, doimiy ishlab turadi, deydi loyiha rahbari.

“Qurilmalar tezda o’rnatishga mo’ljallangan. Ularni ofat kelishidan oldin o’rnatgan ma’qul, deb o’ylaymiz. Masalan, noutbukni tokdan uzib yuborganda ham birdan o’chib qolmaydi, avtomatik tarzda batareykaga o’tib ishlayveradi. Bu qutichalar ham xuddi shunday ishlashga dasturlangan”, - deydi g’oya muallifi.

Wi-Fi qurilmalari Puerto-Rikoda bosqichma-bosqich sinovdan o’tkazilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG