O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi delegatsiya Bryusselda Latviya raislik qilayotgan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kengashining navbatdagi muzokaralarini olib borgan.
Yevropa Ittifoqi nazarida O’zbekiston inson huquqlari masalasini ochiq muhokama qilishga tayyor. Muzokara ketidan blok shunday xulosaga kelgan.
Kengash O’zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlik qilayotgani, mamlakatda mehnat sharoitini yaxshilashga doir dastur qabul qilganini olqishlagan.
Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, sarmoya muhitini yaxshilashni muhokama qilgan. Yevropa Ittifoqi O’zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilishini qo’llab quvvatlamoqda.
Biroq ichki vaziyat bilan yaqindan tanish huquqbonlar biror ijobiy o’zgarish yo’q deydi. O’zbekistonda navbatdagi majburiy mehnat kampaniyasi boshlangan.