Breaking News

Katta Yigirmalik Xalqaro Valyuta Jamg'armasiga ko'proq pul ajratadi


Prezident Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan, Kann, Fransiya, 4-oktabr 2011
Prezident Obama Germaniya kansleri Angela Merkel bilan, Kann, Fransiya, 4-oktabr 2011

Fransiyaning Kann shahrida sammit qilayotgan Katta Yigirmalik global moliyaviy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy ahvolni yaxshilash haqida gaplashmoqda.

Kann, Fransiya, 4-oktabr 2011
Kann, Fransiya, 4-oktabr 2011

Bugun, anjumanning ikkinchi kunida, jahon sahnasida muvozanatni saqlab turuvchi Xalqaro Valyuta Jamg’armasiga ko’proq mablag’ ajratishga qaror qilindi.

Lekin bu 350 millard dollar kimdan keladi, hozircha noma'lum. Amerika va Xitoy uni ko'tarishi kerak, deydi ayrim siyosatdonlar. Ular hamon dunyoning iqtisodiy jihatdan eng qudratli ikki davlati.

Jamg’arma, o’z navbatida, qarzga botgan Yevropa Ittifoqidagi tanazzul butun dunyoni o'z domiga tortib ketmasligini ta’minlaydi.

Afina
Afina

Kecha sammitning bitinchi kunida Gretsiya taqdiri ko’rildi. Yevro bilan muomala qiluvchi 17 davlat bu zaif a'zoga o’tgan oy yordam berishga kelishib olgan edi.

Gretsiyaning 140 milliard dollarlik qarzidan kechilgan, biroq qator shartlar asosida, jumladan sarfiyatni kelasi yillar ichida keskin kamaytirish va iqtisodiy tizimni butkul isloh qilish.

Yevrozonani saqlab qolish kerak va buning uchun Gretsiya qattiq harakat qilishi kerak, deydi sammit mezboni, Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi.

Yorgus Papandreu, Gretsiya Bosh vaziri
Yorgus Papandreu, Gretsiya Bosh vaziri

Germaniya kansleri Angela Merkel dekabr oyida Gretsiyani oyoqqa turg'azish uchun 11 milliard dollar kredit ajratilishini aytib, agar bu davlat yangi moliyaviy siyosat bilan chiqmasa, "bu rejamizdan qaytamiz" deya ogohlantirmoqda.

Yevropa Ittifoqi yordamisiz bu mamlakat pulsiz qolishi va yevro bilan muomala qiluvchilar tarkibidan chiqishi kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG