Breaking News

BMT: Jahon iqtisodiyoti tanazzulda, kelasi yildan ko'p narsa kutmang


Parij markaziy birjasida
Parij markaziy birjasida

BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) jahon iqtisodiyoti hali-beri o’nglanmaydi deya ogohlantirmoqda.

Butun Yevropa kelayotgan yili inqirozda bo’ladi. AQSh va Yaponiya esa stagnatsiyada bo’ladi, ya’ni iqtisodiy jihatdan deyarli o'smaydi.

BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi Jenevada asoslangan tashkilot
BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi Jenevada asoslangan tashkilot

Jenevada asoslangan bu tashkilot davlatlarni ijtimoiy himoyani kamaytirmaslikka chaqirmoqda.

Agentlikning yetakchi eksperti Xayner Flassbek tahlilicha, hukumatlar xarajatni kamaytiramiz deb fuqaro hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.

"Iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi dasturlar ishlab chiqish kerak. Xarajatni kamaytirish bilangina ish bitmaydi. Ijtimoiy himoyasiz millionlab odamlar inqiroz qurboni bo’ladi. Bunga yo’l qo’ya olmaymiz",- deydi mutaxassis.

Iste’mol ko’lamini oshirish bilan Yaponiya, Amerika va Yevropa Ittifoqi ancha oldinga siljisa bo’ladi, deydi iqtisodchi.

BMT hukumatlarga: Ijtimoiy yordamni qirqmang
BMT hukumatlarga: Ijtimoiy yordamni qirqmang

Uningcha, ko’plab davlatlarda byudjetdagi kamomaddan qutulish uchun ko’rilayotgan keskin choralar muammoning yechimi emas.

"Bu bilan ichki va tashqi qarzdan qutula olmaysiz. Davlat tuzumlari juda katta. Ularning faoliyati uchun mablag’ kerak. Daromad va xarajat orasidagi farqdan qutulish uchun keng qamrovli, uzoq muddatli siyosat bilan chiqish kerak",- deydi Xayner Flassbek.

Uning fikricha, inqiroz ta’sir qilmagan jamiyat yo’q. Rivojlanayotgan va rivojlanish bag’oyat sekin kechayotgan mamlakatlarda kelasi yil ahvol og’irlashadi.

Taraqqiy etgan davlatlar krizisda ekan, dunyo krizisda, deydi BMT eksperti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG