Breaking News

Besh yirik davlat Jahon Bankiga muqobil tashkilot tuzmoqchi


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va Xitoy rahbari Xu Tsintao, Dehli, 28-mart, 2012
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va Xitoy rahbari Xu Tsintao, Dehli, 28-mart, 2012

Duyoning yirik rivojlanayotgan mamlakatlari Jahon Bankiga muqobil muassasa tuzish taklifi bilan chiqmoqda.

Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika (BRIC) global iqtisodiyotda qariyb 30 foiz ulushga ega. Besh davlat rahbarlari Hindiston poytaxti Dehlida uchrashib, deklaratsiya qabul qildi.

Unda o’zaro savdo va sarmoya hajmini oshirish uchun alohida bank tashkil etish, besh mamlakat orasida biznes rishtalarni mustahkamlash, tadbirkorlar uchun viza tartibini yengillashtirish hamda kredit olish uchun G’arb moliyaviy strukturalariga tayanmaslik haqida so’z boradi.

Sammit deklaratsiyasida G’arb davlatlari olib borayotgan valyuta siyosati, xususan foiz stavkalarini past ushlab turish va pul bosib chiqarish kabi choralar tanqidga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG