Breaking News

Obama: Global iqtisod hamon inqiroz domida


Amerika va Fransiya rahbarlari Kanndagi anjumanda, 3-oktabr 2011
Amerika va Fransiya rahbarlari Kanndagi anjumanda, 3-oktabr 2011

AQSh rahbari Kanndagi muzokaralardan keyin jurnalistlar bilan gaplashar ekan, global moliyaviy tizim va jahon iqtisodiyoti hamon murakkab ahvolda deya tan oldi.

Qo’shma Shtatlar asta oyoqqa turmoqda, ammo hali qilinadigan ishlar ko’p, deydi u.

“Yevropa Ittifoqi o’z oldidagi qiyinchiliklarni yenga olishiga ishonamiz. Gretsiya berilayotgan yordam tahsinga sazovor va bu kredit samara berishini ta’minlash bu davlat qo’lida”, - deydi prezident Obama.

“Greklar ahvolidan ko’rishimiz mumkinki, yordam rejasi imkon qadar tez amalga oshirilishi zarur. Ikki kungi majlisdan Yevropa bu sinovga chidab bera oladi, deya xulosa qildim”, - deydi Barak Obama.

Qo’shni davlatlar o’tgan hafta Gretsiyani moliyaviy tanazzuldan xalos etishga kelishib, Greklarning 140 milliard dollar qarzidan kechilgan edi.

“Hamkor davlatlar og’ir ahvolda ekanini tushunamiz va ularga hamdardmiz. Iqtisodiy krizisdan qaddi bukib ko’rilgan Qo’shma Shtatlar buni juda yaxshi biladi”, - dedi Obama.

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri Amerikada o’sish hamon sust.

Obamaning ta’kidlashicha, Amerika global iqtisod olg’a siljishi uchun qo’ldan kelgan barcha choralarni ko’rmoqda va shunday qilishda davom etadi.

"Mas’uliyatni sezgan holda ekonomikani mustahkamlashimiz zarur”, - dedi AQSh prezidenti.

Xu Tsintao, Xitoy rahbari
Xu Tsintao, Xitoy rahbari

Xitoy rahbati Xu Tsintao ham shunday bayonot bergan.

“Yevropa Ittifoqiga madad ko’rsatamiz, ammo qarzdan chiqish uning o’z qo’lida. Biz blok salohiyatiga ishonamiz”, - deydi u.

Amerika va Xitoy - iqtisodiy jihatdan eng baquvvat yurtlar. Prezident Obama fikricha, global iqtisodni oshirish uchun avvalo bu mamlakatlar o'zaro moliyaviy muammolarini hal qilishi va hamkorlikni yaxshilashi lozim. Kannda mana shunga kelishib olindi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG