Breaking News

Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi


Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi
Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi

Yaponiya rasmiylari Fukushima atom elektr stansiyasidagi halokatni 1986-yilgi Chernobil fojiasi bilan qiyoslamoqda. Biroq Bosh vazir Naoto Kanning aytishicha, zavodda vaziyat asta-sekin yaxshilanmoqda.

Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi
Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi

Rasmiylar Fukushimadagi falokat ko’lamini eng yuqori darajaga ko’targan. Yettinchi bosqichga yetgan shu paytgacha faqat Chernobil edi. Ofat tabiat va inson hayotini yemira boshlagan.

Lekin Yaponiya Atom sanoati rasmiysi Xidexiko Nishiyama fikricha, ikki fojea asoratlari har xil.

Fukushimadan tarqalgan radiatsiya Chernobildan 10 barobar kam, deydi Nishiyama. Yaponiyada nurlanish oqibatida hech kim o’lmagan.

Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi
Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi

Chernobildagi portlash ketidan bir nechya kun ichida 20 dan ziyod odam o’lgan, oradan yillar o’tib yana minglab kasalmand fuqaro hayotdan ko’z yumgan edi.

Zavoddan radiatsiya tarqalishda davom etmoqda, biroq xavfli sanalmish 20 kilometr radius hududda nurlanish darajasi sekin-sekin pasaymoqda.

Shundan bo’lsa-da, hukumat kecha radiusni kengaytirib, yana bir necha ming odamni ko’chirishga qaror qildi.

Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi
Fukushima va Chernobil halokati xavfi tenglashdi

Fukushimadan zararli modda tarqalishda davom etar ekan, “shu zayilda ketaversa, Chernobildan o’tib tushsak ajabmas”, deydi olimlar.

Kecha va bugun ham Yaponiyada 6 ball kuchda zilzila ro’y bergan. Natijada reaktorlar yaqinida yong’in ro’y bergan. Shu bois stansiyani ta’mirlash ishlari vaqtincha to’xtagan.

11 mart kuni Yaponiyada qattiq yer qimirlab, ketidan sunami urgan, 28 ming fuqaro o’lgan yoki bedarak ketgan.

Bu orada minglab odamlar uy-uylariga qayta boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG