Breaking News

Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari


Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari
Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari

Yaponiyaning Fukushima atom elektr stansiyasida avariya asoratlarini bartaraf etish ishlari davom etyapti.

Inshootdan 20 kilometr radiusda yashovchi aholi hayotini normal deb bo’lmaydi. Radiatsiya xavfidan hammani vahima bosgan.

Iitate qishlog’idagi radiostansiya yaqingacha tinglovchilarni ob-havo va yo’ldagi tirbandlik haqida muntazam ravishda boxabar qilib turardi. Mart o’rtalaridan xabarlarga radiatsiya haqidagi ma’lumotlar ham qo’shildi.

Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari
Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari

Iitate Fukushima atom stansiyasidan 40 kilometr narida joylashgan, ya’ni aholi evakuatsiya qilingan 20 kilometr radiusdan tashqarida.

Odamlarga uydan chiqmaslik tavsiya qilinadi. Radiatsiya miqdori har soatda o’lchanadi, bu yerda ancha yuqori.

Mahalliy hokimiyatga kirishdagi yozuv Iitata Yaponiyaning 39 eng go’zal qishloqlaridan biri ekanini eslatib turadi. Qishloqqa kiraverishda bunga guvoh bo’lasiz. Atrofdagi manzara judayam chiroyli.

Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari
Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari

Ko’chalar bo’m-bo’shligi yurakni g’ash qiladi. Dalalarda hech kim yo’q, traktorlar qarovsiz yotibdi, qishloq markazida kunduzi shamchiroq bilan ham hech kimni topib bo’lmaydi.

Hokimiyat binosi yonidan bir necha avtomobil va g’alati ko’rinishdagi harbiy yuk mashinasi o’tadi. Haydovchi va passajirlar yuzida maska.

Iitate rasmiylaridan biri Takashi Kobayashining aytishicha, aholi sarosimada.

“Radiatsiya miqdori yuqoriligicha qolmoqda, aholiga esa nima qilish kerakligi haqida haligacha ko’rsatma berilmagan”, - deydi u.

Iitate dalalaridagi tuproqda nurlanish darajasi yillik normadan yuqori ekani aniqlangan, evakuatsiya ehtimoli yuzaga kelgan edi. Ammo Atom energiyasi bo’yicha xalqaro boshqarma aholini tinchlantirib, radiatsiya kamayganini ma’lum qilgan.

Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari
Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari

Radiatsiyaning qishloq xo’jaligiga ta’siri xavotirga soladi. Chunki qishloq aholisi asosan shu soha hisobiga kun kechiradi.

Takashi Kobayashi atom stansiyasidagi vaziyatga oid xabarlarni diqqat bilan kuzatib, favqulodda choralarni amalga oshirishda yordam bermoqda.

“Vaziyat o’zgaruvchan. Bir yaxshi, bir yomon xabar keladi. Nurlanish o’lchovlari haqida oldin bilmasdim. Hozir esa bu to’g’rida ko’p o’rganishga to’g’ri kelyapti”, - deydi u.

Qishloqdan homilador ayollar va go’dakli onalarni evakuatsiya qilish taklifi tushgan.

Iitatedan 20 kilometr narida Minami Soma degan shaharcha bor. 71 ming aholiga uyda o’tirish tayinlangan.

Fukushima stansiyasidan uncha uzoq bo’lmasa-da, bu yerda radiatsiya miqdori Iitate qishlog’idagidan qariyb 10 baravar kam. Ko’chada onda-sonda odamlarni ko’rasiz, ammo ko’zdan darrov g’oyib bo’lishadi.

Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari
Yadroviy fojia oqibatlari: Yaponiyaning kimsasiz shahar va qishloqlari

Zavod atrofidagi 30 kilometrli zonada yuk mashinalari qatnovi to’xtagach, shaharda oziq-ovqat va benzin zaxiralari kamaygan.

Shahar hokimiyati vakili Sadayasu Abening aytishicha, mer internetdagi YouTube video portalida jahon ahlidan yordam so’rab murojaat qildi.

“Sekin-asta yordam kela boshladi. Ayrim do’konlar ochilgan, benzin yana sotuvda. Do’konga chiqish imkoni yo’q odamlarga zarur narsalarni yetkazib beryapmiz”, - deydi rasmiy.

Shaharni ilgari tark etgan aholining bir qismi sekin-asta uyga qaytmoqda. Fukushima atrofidan 70 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan edi.

Atom stansiyasidagi muammolar yana bir necha oyga cho’zilishi kutilar ekan, ular qachon normal hayotga qayta olishi noma’lum.

XS
SM
MD
LG