Breaking News

Karimov va Nazarboyev soatlarni solishtirib turadigan darajada yaqin ekan


A one-year-old red panda sits in the trees at the Manor Wildlife Park, St. Florence, near Tenby in Wales, United Kingdom.
A one-year-old red panda sits in the trees at the Manor Wildlife Park, St. Florence, near Tenby in Wales, United Kingdom.

Toshkentda O’zbekiston rahbari Islom Karimov va Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboyev uchrashdi. Savdo, transport, energetika, mintaqa va xalqaro maydondagi vaziyat muhokama qilingan.

Karimov-Nazarboyev muloqoti qanday kechdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:42 0:00

Karimovga ko’ra, bugungi murakkab bir davrda O’zbekiston va Qozog’iston kelishib ishlashi muhim.

Uchrashuv o’zaro mulozamatlarga boyligi bilan ko’zgan tashlanmoqda. Nazarboyev Karimov bilan do’stligi va o’zbek-qozoq ahilligidan faxrlanishini aytgan.

O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi do’stlik samimiy, deydi Karimov.

Karimov va Nazarboyev “Ko’ksaroy” da, prezidentning Do’rmon qarorgohida muloqot qilgan. Iyun oyida Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti o’tadi.

Mintaqaning ikki yirik davlati prezidentlari sobiq ittifoqda eng uzoq paytdan beri hukmronlik qilayotgan insonlar. Ekspertlar nazarida ularning keyin bu mamlakatlarda kim rahbarlikka kelishi va bu jarayon qanday yuz berishi xavotirli masala. Mavhumlik o’ziga xos tahdiddir, deydi mutaxassislar.

Xalqaro hamjamiyat nazarida Karimov va Nazarboyev avtoritar rahbarlar va ular boshliq tuzumlar inson huquqlari va erkinlikni muntazam ravishda toptashi bilan tanilgan.

Karimov Nazarboyev bilan “soatlarni solishtirib turishi”ni aytdi.

Qozog’istonlik ekspert Dosum Satpayev buni shunday talqin qiladi:

“Soatlarni solishtirish deb Islom Karimov mintaqada muzokara yuritish, muhokamalar o’tkazish mumkin bo’lgan o’ziga teng hamkor sifatida aynan Nazarboyevni ko’rayotganini anglatadi. Albatta, ularni ko’p narsa bog’laydi. Har holda sobiq sovet hududida hamon tengsiz qolayotgan ikki otaxon siyosatchilar. Islom Karimov bu bilan aniq maqsadlarni ham ko’zlayapti, masalan O’zbekistonning Qirg’iziston, Tojikiston bilan mavjud muammolarida Qozog’istonni o’z tomoniga og’dirish. O’ylashimcha, bundan natija bo’lishi qiyin. Qozog’iston Tojikiston, Qirg’iziston bilan ham yaxshi aloqalarda. Lekin Toshkent va Bishkek o’rtasidagi mulk janjalidan keyin, navbat Qozog’istonning Qirg’izistondagi pansionatlariga ham kelishi mumkin degan qarashlar bor”.

O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlari ikki davlat hamkorligi mintaqadagi siyosiy vaziyat, barqarorlikni ta’minlash uchun nihoyatda muhim, deb keladi.

“To’g’ri, ikki mamlakat mintaqada muhim o’ringa ega. Lekin ularning siyosiy jarayonlarni hal qilishda qandaydir alohida maqom tutishi qiyin. Bunday maqom avvolo mintaqaning boshqa davlatlari Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston tomonidan e’tirof etilishi kerak. Ammo, ko’rayapmiz, ularga qo’shnilar timsolidagi katta akalarning keragi yo’q. Ostana va Toshkentda siyosiy bosim ko’rsatuvchi kuchli dastak bor deb o’ylamayman. Ammo ularning mintaqadagi hal qiluvchi o’rnini inkor etib bolmaydi”, - deydi Satpayev.

Toshkent, 15-aprel, 2016
Toshkent, 15-aprel, 2016

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kengayish arafasida
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kengayish arafasida

Hindiston va Pokiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirishi kutilmoqda.

Ayni paytda blokka raislik qilayotgan O’zbekiston yadroviy kuchga ega bu ikki yirik davlat a’zoligi o’ziga xos murakkabliklar tug’diradi degan pozitsiyada. Ammo Qozog’iziston uchun bu unchalik ahamiyatli emas, deydi tahlilchilar.

“Toshkent mintaqada odatda yopiqroq siyosat yurtish tarafdori. Ostona esa ShHT doirasida ochiqroq siyosat yuritishga, tashkilot kengayishi va kuchyishi tarafdori. Shuning uchun ham ShHT yangi geosiyosiy kuchlar hisobiga kengayayotgani Ostonani ortiqcha bezovta qilmayapti”, - deydi Satpayev.

Nazarboyev safari O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi o’zaro oliy tashriflar sonini tenglashtirgan. Shu paytgacha Nazarboyev O’zbekistonda to’qqiz marta, Karimov Qozog’istonda to’qqiz marta bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG