Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi. Uning aytishicha, Eron yadro quroliga ega bo'lsa, Isroilga qarshi qo'llashi mumkin. "Xalqaro muzokaralar doirasida Eronga taklif etilayotgan bitim Tehronni yadro qurolini yaratish yo'lidan qaytara olmaydi", - dedi Netanyaxu.Isroil bosh vaziri nazarida Eron dunyo bo'ylab terrorizmga homiylik qilmoqda. Erondagi hozirgi hukumat har qachongidan radikal, unga ishonib bo'lmaydi, deydi u.