Breaking News

Lugansk, Donetsk, Xerson va Zaporoyje Rossiya tarkibiga kirmoqchi


Arxiv surat. Donetsk shahri, 2014-yil
Arxiv surat. Donetsk shahri, 2014-yil

2014-yilda Ukrainadan ajralib chiqib, mustaqillik e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida 23-27-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish bo’yicha referendum o’tkaziladi.

Xalqaro hayot - 20-sentabr, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:42 0:00

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainaga qo’shin kiritishi natijasida Lugansk viloyati to’laligicha bo’lginchilar nazoratiga o’tdi, Donetskning ayrim rayonlarida esa qonli to’qnashuvlar hamon davom etmoqda.

Rossiya qurolli kuchlari Xerson viloyatining 95 foizini hamda Zaporojye oblastining bir qismini ham ishg’ol qilgan. Kelasi bir hafta ichida bu hududlarda ham o’xshash referendumlar bo’lib o’tadi.

Rossiyalik qonunchilar bu tashabbusni yoqlayapti.

"Referendumlar o’tkazilishi shart. Ular barcha turdagi qizil chiziqlarni kesib o’tgan Kiyev xuntasiga munosib javob bo’ladi”, - deydi Davlat Dumasining a’zosi, Rossiya Liberal-demokratik partiyasining raisi Leonid Slutskiy.

Rossiya maxsus harbiy amaliyotining boshidayoq rus qo’shinlari nazoratiga o’tgan Xerson rahbariyati nazarida, referendum oblast xavfsizligini yaxshilashga xizmat qiladi, tarixiy adolat tiklanishiga olib keladi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, referendum o’tkazish har bir hudud aholisining huquqidir.

"Shu hududlarda yashovchi odamlar o’z taqdirini o’zi belgilashi haqida eng boshidan aytganmiz”, - deydi Lavrov.

Ukrainalik rasmiylar referendumlarni o’tkazish rejasini qoralayapti. Lugansk viloyatining ukrainalik hokimi Sergey Gayday bu tashabbuslarni soxta deb atadi.

“Bu Rossiyaga Ukraina hujumiga uchragan hududlarini ozod qilishga, urush va majburiy safarbarlik e’lon qilishga bahona bo’ladi”, - deydi rasmiy.

AQSh ham ushbu referendumlar natijalarini tan olmasligini bildirmoqda.

Lugansk aholisi esa Rossiyaga qo’shilish g’oyasini qo’llab-quvvatlayapti.

“Men “ha” deb ovoz beraman. Qarshilar marhamat qilib Ukrainaga ketaversin”, - deydi ulardan biri.

“Rossiya himoyasida bo’lishimiz kerak. SSSRda yashaganmiz birga. Rossiya bilan ham yashaymiz”, - deydi yana bir odam.

“Referendum qancha erta o’tkazilsa, shuncha yaxshi”, - deydi lugansklik bir ayol.

G’arbning moliyaviy va harbiy yordamida so’nggi paytda Ukraina Rossiya hududlari va rus qo’shinlari nazoratidagi rayonlarga jiddiy zarba berarkan, Lugansk, Donetsk, Zaporojye va Xersonning Rossiya tarkibiga kirishi mojaroni yangi bosqichga olib chiqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG