Breaking News

Respublikachilar qurultoyida Tramp yutuqlari sarhisob qilinmoqda


AQShda Respublikachilar partiyasining to’rt kunlik saylovoldi qurultoyining bugun uchinchi kuni. Tadbirning kechagi kunida prezidentning rafiqasi so’zga chiqdi.

Xalqaro hayot – 26-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:52 0:00

“Donald pandemiyadan zarar ko’rgan har bir odamga yordam bermaguncha tinchimaydi”, - dedi Melaniya Tramp.

Qurultoy, asosan, virtual shaklda o’tarkan, Yaqin Sharq va Afrika bo’ylab safar qilayotgan Davlat kotibi Mayk Pompeo Quddusdan qurultoy delegatlariga murojaat qildi.

“Prezident AQSh elchixonasini xudoning shahri, Quddusga, yahudiylarning qonuniy poytaxtiga ko’chirishga muvaffaq bo’ldi”, - dedi u.

Pompeo Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasidagi aloqalarni o’rnatishda Trampning hissasini alohida ta’kidlab o’tdi.

"Qurultoyda Tramp prezidentligining yutuqlari haqida eshitishda davom etamiz. Pompeoning Quddusdan yo’llagan murojaati Isroilga xayrixoh bo’lgan saylovchilarni jonlantirishga qaratilgan”, - deydi Vanderbilt universiteti professori Vanessa Bizli.

Qurultoyda prezidentning o’g’illari Donald va Erik, qizi Tiffani ham so’zladi.

Odatda qayta saylanishga harakat qilayotgan prezidentlar qurultoyning so’nggi kunida ma’ruza qiladi, biroq Tamp bu an’anadan voz kechib, har kecha delegatlarga murojaat qilmoqda.

Noqonuniy immigratsiyaga qarshi qattiq siyosat olib borayotgan Tramp qurultoy tarixida ilk bor yangi fuqarolarni qabul qilish marosimida qatnashdi.

“Siz Amerika fuqaroligi deb ataluvchi dunyodagi eng qimmatbaho, eng qadrli, eng bebaho mulkka ega bo’ldingiz”, - dedi Tramp.

Demokratik partiyaning o’tgan hafta bo’lgan qurultoyida hayotdagi barcha sobiq demokrat prezidentlar ma’ruza qilgan edi, biroq respublikachilar qurultoyida Jorj Bush chiqishi kun tartibida yo’q. 2016-yil syezdida ham marhum sobiq prezident ota Jorj Bush ham, o’g’li ham ma’ruza qilmagan edi.

“Bu o’tgan to’rt yil ichida Donald Tramp ta’sirida partiya ichidagi inqilobdan dalolat. Respublikachilar partiyasini Ronald Reygan davridan beri hech kim bu qadar qattiq yangilamagan edi”, - deydi “Amerika tadbirkorlik instituti”dan Mettyu Kontinetti.

Bugun qurultoyda nomzodi vitse-prezidentlikka rasman ko’rsatilgan Trampning o’ribosari Mayk Pens ma’ruza qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG