Breaking News

AQSh jurnalistlariga qarshi xakerlik hujumi Rossiya ishimi?


AQSh rasmiylarining aytishicha, "Nyu-York Tayms" (The New York Times) gazetasi va boshqa axborot vositalari muxbirlari Rossiya razvedkasiga aloqador xakerlar tomonidan hujumga uchragan.

Jurnalistlar to'plagan ma'lumotlar va ularning manbalari xakerlar qo'liga tushgan bo'lishi mumkin. AQSh Federal qidiruv byurosi tergov boshlagan.

Kiberxurujlar ayrim muxbirlarga qaratilgan bo'lib, "Nyu-York Tayms" nashrining kompyuter sistemalariga ziyon yetmagani xabar qilinmoqda.

So'nggi oylarda xakerlar AQSh Demokratik partiyasi va Vashingtondagi tahlil markazlarining kompyuterlariga ham buzib kirgan.

Kongress xodimlari va ayrim qonunchilarning elektron pochtasi, shaxsiy telefon raqamlari, saylov kampaniyasiga tegishli yozishmalar fosh etilgan. Tergovchilarga ko'ra, bu ham Rossiya razvedkasining ishi.

Demokratik partiya tizimlariga kiberxuruj, shuningdek, prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramning eng yaqin maslahatchisi bo'lgan Pol Manafortning Rossiya bilan biznes aloqalari hatto Kreml AQShdagi prezident saylovlari natijasiga ta'sir qilishga harakat qilayapti, degan da'volarga sabab bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG