Breaking News

Raqqa - qo'lbola portlovchi moddalar makoni


Iroq shimolida
Iroq shimolida

Uch yil davomida "Islomiy davlat" terror guruhi uchun qarorgoh sifatida xizmat qilgan Raqqa qo'lbola portlovchi moddalarga to'la. Suriyaning bu qismini qurollardan tozalash uchun yillab vaqt ketadi, deydi mutaxassislar. Johil to'da yaqinda bu yerdan quvildi.

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tahlilicha, Raqqaning har yerida, har qanday jismda, ko'cha yoki xonadonlarda har qanday narsa ichida portlovchi modda yashirilgan bo'lishi mumkin. Jangarilar uyma-uy yurib, har biriga 7-8 bomba tashlab ketgani haqida ma'lumotlar bor.

Qo'ng'ir rangli joylar hamon "Islomiy davlat" qo'lida
Qo'ng'ir rangli joylar hamon "Islomiy davlat" qo'lida

Iroq va Suriyada 7,7 millionga yaqin aholi hozirda "Islomiy davlat" dan qutqarilgan.

"O'zini xalifalik deb e'lon qilgan tizim endi yo'q. Jismonan daf qilindi. Lekin mafkuraviy jihatdan uni yengish uchun hali uzoq kurashish kerak", - deydi Quvaytda gapirgan AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis.

Raqqa va Musul shu yili "Islomiy davlat" dan tortib olindi.

Janglar davom etmoqda. Jangarilar qanchalik zarba yemasin, javob berishga urinmoqda, deydi harbiy qo'mondonlar.

Xalqaro koalitsiya ko'plab muammolarda Suriya hukumatini ayblaydi. Sunniy aholiga nisbatan shafqatsizlik, adolatsizlik va nafratda Prezident Bashar al-Assadning o'zi muhim rol o'ynaydi va shu bois ham "Islomiy davlat" odamlarni o'ziga qaratishga harakat qiladi. Sunniylar birlashib, shialarga qarshi urush boshlashi, ularni qirib tashlashi kerak degan targ'ibot olib boriladi.

Pentagon Suriyada qancha qo'shini borligini ochiq aytmaydi. Rasman 503 zobit xizmatda, deyiladi. Lekin aslida uch baravar ko'proq bo'lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG